Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Uzumzorlar

334

Oʻzbekistonda birinchi uzumzorlar Makedoniyalik Iskandar davrida barpo etilgan. 

O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan mashhur venetsiyalik sayyoh Marko Polo o‘z kundaligida shunday yozgan edi: “Samarqand, Buxoro va boshqa muhtasham shaharlar ajoyib bog‘lar, uzumzorlar bilan bezatilgan maskanlardir. Men mahalliy sharobdan tatib ko‘rdim.

Bu sharob kamida o‘n yillik edi va u o‘zining ajoyib sifati bilan meni hayratga soldi...” Tok zanglari o‘zbek shaharlarining yorqin bezaklari bo‘lgan, hovlilarni bezatgan ishkomlar bugungi kunda milliy an’ananing bir qismiga aylangan. 

Salqin hovlidagi supada, chinorlar va tok ishkomlari soyasida o‘tirib, bedana sayrashidan zavqlanish har bir o‘zbekistonlikning jon-u dilidir.

O‘zbekistonning qariyb barcha hududlari uzumlar koni hisoblanadi, biroq Fargʻona vodiysidagi Oltiariq, Sirdaryo viloyatidagi Oltinsoy, Toshkent viloyatidagi Parkent va Namdanak, Samarqand viloyatidagi Bogʻizg‘on uzumzorlari ayniqsa mashhurdir.

Shuningdek ko‘ring