Foto va Video

Xonatlasning xilma-xil rangi

1880

Xonatlasdan tikilgan milliy liboslar misoli O‘zbekistonning rang-barang tog‘laridek. Birinchisi ham, ikkinchisi ham o‘zining xilma-xilligi va yorqinligi bilan insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Kamalakdek rang-barang ipak mato madaniy merosga va o‘zbek an’analarining ajralmas qismiga aylandi. O‘zbek milliy kiyimlari orasida xonatlasning bo‘lmasligi iloji yo'q.

Ilgari bunday matodan tikilgan kiyimlarni faqat badavlat insonlargina sotib olishi mumkin bo‘lib, shuning uchun ularni "shohona mato" deb atashgan. Biroq bugungi kunda istagan qiz xonatlasdan libos olishga qodir va uni katta tantana yoki "shaharga chiqish" bo‘lishidan qat’iy nazar faxr bilan kiyadi.

Qadim zamonlardan Buyuk Ipak yo‘li O'zbekiston hududi orqali o‘tgan. Xitoydan ipak va ipakli buyumlar keltirilgan. Asta-sekin mahalliy aholi ipak ishlab chiqarishni, shuningdek ipak mato tayyorlashni o‘rgandi. Asrlar davomida to‘qish mahorati va matolarni bo‘yash usuli sirlari katta avloddan yoshlarga o‘tib kelayotgan oilalar bor. Shu tariqa, an’anaviy milliy matolarni tayyorlash sirlari saqlab kelinadi.


Xonatlas asta-sekin Yevropa mamlakatlarida ham insonlarning qalbini zabt eta boshladi. Sanoat davrida bunday matolar fabrika usulida ishlab chiqarila boshlandi, ammo fabrikadagi ishlarning ko‘p qismi qo‘lda bajarilib qolmoqda.

Ipakni yetishtirish va xonatlasni ishlab chiqarish bo‘yicha eng mashhur fabrika "Yodgorlik" bo‘lib, u Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan. Ushbu shahar o‘ta yuqori sifatli ipak matolarning haqiqiy markaziga aylangan. Bu yerda ipak ishlab chiqarish uzluksiz tartibda yo‘lga qo‘yilgan. Atlasning bir metri 2,5 oy ichida, 22 texnologik operatsiya va 70 foiz qo‘l mehnati bilan yaratiladi. Masalan, agar bir metr mato to‘rt xil bo‘yoqqa ega bo'lsa, unda bu mahsulot to‘rt marta bo‘yash sexiga borishi va qayta qo‘l bilan o‘ralishi va qayta yoyilishini anglatadi.


Sharq matolarining sehrini unga naqshlarni soluvchi usta yaratadi. U naqshni ipak iplarida maydalaydi va naqsh qanchalik nozik bo‘lsa, uning ishi shunchalik murakkab va mohirona bo‘ladi. Rasm solinishida qizil, sariq, pushti, yashil ranglarning joyi aniqlanadi. Qadim zamonlardan beri atlasni yettita, ya’ni kamalakning barcha ranglarida tayyorlashga harakat qilishgan. Uch, to‘rt va beshta ranglilari ham bor. Hozir bu bugungi urf va ma’lum bir rangga bo‘lgan talabga bog‘liq. Odatda, xonatlasni tayyorlashda tabiiy bo‘yoq moddalar: anor po‘stlog'i, ro‘yan, mevalar va o‘simliklarning barglaridan olingan suvi, piyoz po‘stlog'i va boshqalar qo‘llaniladi.

Xonatlasdan dunyoning mashhur dizaynerlari va modelyerlari foydalana boshlashdi. Masalan, Jorjo Armani, Guchchi, Oskar de la Renta o‘z kolleksiyalariga xonatlas mavzusini qo‘shdilar, bu esa har bir libosga Yaqin Sharqning hashamatini in’om etadi.

Agar Siz bizda mehmon bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan bo‘lsangiz, xonatlasdan tayyorlangan mahsulotlardan zavqlanishni rad etmang. O‘zbek bozorlari va do‘konlarida asl milliy kiyimlarining keng assortimenti taqdim etilib, uni kiygan har bir ayol o‘zini sharq ertagining bir qismidek his qiladi!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring