Xorazm viloyati bo‘yicha 3 kunlik tur dasturi

Kunlar bo‘yicha sarlavhalar
- 1-kun: Xiva - Ichan-Qala (UNESCO merosi)
- 2-kun: Xiva va Urganch - Nurullaboy va Ulli Xovli
- 3-kun: Bag‘ot (Qalajik) - qal’a va shifobaxsh ko‘l
1-KUN - Urganch -> Xiva (Ichan-Qala)
- 09:00-09:45 - Urganch xalqaro aeroportida mehmonlarni kutib olish.
- 09:45-10:50 - Nonushta (manzil aniqlanadi): "Vanilla" restorani (+998 91 427-11-77) yoki "Caramel" kafe (+998 99 564 66 44).
- 10:50-11:30 - Urganch shahridan Xivadagi "Ichan-Qala" davlat muzey-qo‘riqxonasiga yo‘l olish.
- 11:30-11:40 - "Ichan-Qala" hududiga kirish va tanishuv.
- 11:40-11:50 - Ota darvoza oldidagi maydon: tarjimonlar bilan uchrashuv, "Ichan-Qala" bo‘yicha umumiy ma’lumot va "Buyuk Ipak yo‘li karvoni" kompozitsiyasi haqida qisqa izoh.
- 13:00-13:10 - "Muhammad Aminxon" madrasasi oldidagi hunarmandchilik do‘koni: Xorazmning milliy bosh kiyimi "Chogirma" haqida ma’lumot.
- 13:10-13:25 - "Muhammad Aminxon" madrasasi va minorasi: tarixiy ma’lumot.
- 13:25-13:35 - "Matniyoz Devonbegi" madrasasi oldidagi maydonda folklor chiqishlari.
- 13:35-14:45 - Tushlik (Xiva shahri).
- 14:45-14:55 - Polvonkori savdo uyi (yo‘l bo‘yi qisqa ma’lumot).
- 15:00-15:10 - Xazina (tarixi bo‘yicha ma’lumot).
- 15:10-15:25 - "Kunya Ark" saroyi: zarbxona, Xorazm tangalari, yozgi masjid, arxeologik joylar, xon xazinasi va muzey ekspozitsiyalari bilan tanishuv.
- 15:25-15:40 - "Kunya Ark" maydoni: non yopish jarayoni va master-klass, maydon tarixi hamda quduq haqida ma’lumot.
- 15:40-15:55 - Muhammad Rahimxon "Feruz" II madrasasi: "Xorazm xonlari tarixi" ekspozitsiyasi.
- 15:55-16:10 - Polvonkori savdo uyi: "Oq masjid mennonitlari tarixi" ekspozitsiyasi.
- 16:10-16:20 - Sayyid Olovuddin maqbarasi: tarixiy ma’lumot va ziyorat.
- 16:20-16:30 - "Feruz" II madrasasi yonidagi maydon: tuya haqidagi hikoya va foto-sessiya.
- 16:30-16:45 - Qozikalon madrasasi: "Xorazm musiqasi tarixi" ekspozitsiyasi.
- 16:45-17:00 - Qozikalon madrasasi yonidagi maydon: "Xorazm xalq musiqasi" tarixiga bag‘ishlangan haykallar kompozitsiyasi va foto-sessiya.
- 17:00-17:10 - "Xojash Mahram" madrasasi: yog‘och o‘ymakorligi ustaxonasiga tashrif, master-klass.
- 17:10-17:30 - "Yakubboy Xo‘ja" madrasasi: ipak gilam to‘quvchilar ustaxonasiga tashrif, master-klass.
- 17:30-17:50 - "Sherg‘ozixon" madrasasi: "Madrasa va tabobat tarixi" ekspozitsiyasi.
- 17:50-18:30 - "Pahlavon Mahmud" maqbarasi: ma’lumot va ziyorat.
- 18:30-18:50 - "Jome" masjidi: tarixi, ichki ko‘rinishi va me’morchiligi haqida ma’lumot.
- 18:50-19:10 - "Muhammad Amin Inoq" madrasasi: Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi bo‘yicha "Majlisi ulamo" ekspozitsiyasi.
- 19:10-19:30 - "Toshhovli" saroyi: Xorazm hunarmandchiligi tarixi va "Xon harami interyeri" ekspozitsiyasi.
- 19:30-21:00 - Kechki ovqat (Xiva shahri).
2-KUN - Xiva va Urganch
- 09:30-12:30 - "Nurullaboy" majmuasi: xonlarning yozgi qarorgohi tarixi bilan tanishuv.
- 13:00-14:00 - Tushlik (Xiva shahri).
- 14:00-14:30 - Urganch shahriga jo‘nab ketish.
- 14:30-18:00 - "Ulli Xovli" majmuasi: o‘rta asrlarga oid tarixiy-madaniy kompleks (o‘zbek-turkman madaniyati uyg‘unligi).
- 19:30-21:00 - Kechki ovqat (Xiva shahri).
3-KUN - Bag‘ot tumani (Qalajik) -> Urganch
- 09:30-18:00 - Qalajik qal’asi: Bag‘ot tumanidagi davolovchi ko‘lga ega ekoturizm majmuasi (tushlik 13:00-14:00).
- 19:00-20:00 - Kechki ovqat (Urganch shahri).
- 22:00 - Urganch shahridan jo‘nab ketish.
Eslatma: Vaqt va manzillar sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Sayohatlarni tashkil etishda mahalliy tur-operatorlar xizmatlaridan foydalanish mumkin.
O‘zbekiston bo‘ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz? Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo‘yicha yordam beramiz: so‘rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz - ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo‘yicha mos variantlarni taklif qiladi.
Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim - yozib qoldiring.
Telegram: @uzbtravelsupport
Telefon: +998 99 444 11 90
Email: info@nationalprcentre.com
Izoh