Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Zardo‘zlik – zar iplar bilan qo‘lda tikiladigan kashtachilikning eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanadi. “Zardo‘zlik” so‘zi forscha bo‘lib, aynan “zar bilan tikish” ma’nosini anglatadi.
Zardo‘zlik san’atining ildizlari olis o‘tmishga borib taqaladi. Bu san’at Bobil Janubiy Mesopotamiyaning muhim iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan davrda paydo bo‘lgani taxmin qilinadi. Shuningdek, u Vizantiyada ham rivojlangan. Vizantiya bilan ochiq va muntazam madaniy almashinuv tufayli, kashtachilik san’ati O‘rta Osiyo hududiga ham yoyilgan. Zarrin iplarda naqsh solingan hashamdor buyumlarning dovrug‘i Qadimgi Rusga ham yetib borgan.
O‘zbekiston hududida o‘ziga xos zardo‘zlik maktablari faoliyat yuritgan. Ular Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Biroq zardo‘zlik san’ati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga XIX asr o‘rtalarida Buxoroda erishgan. O‘sha paytda amirlikda 350 ga yaqin zardo‘z ustalar mehnat qilgan. Buxorolik ustalar orasida zardo‘zlikning asoschisi va rahnamosi avliyo Hazrati Yusuf bo‘lgan, degan rivoyat ham mavjud.
Buxoroda ustaxonalar faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus tashkilot mavjud bo‘lgan. Odatda, uning rahbari bu san’atning eng hurmatli va tajribali ustasi bo‘lardi. Shuningdek, u amir saroyi va ma’muriyat o‘rtasidagi tashkilotning rasmiy vakili ham edi. Zardo‘zlik buyumlari Buxoro xoni va uning atrofidagilarning ichki bezaklari hamda liboslarining ajralmas qismiga aylangan.

Erkaklar uchun choponlar, sallalar, do‘ppilar, ishtonlar oltin iplar bilan bezatilardi. Ayollar uchun esa ko‘ylaklar, choponlar, ro‘mollar, bosh kiyimlar va bog‘ichlar, turli xil poyabzallar zardo‘zlik bilan yasatilardi. Hashamat va boylikning alohida belgisi otlarning zardo‘zi yopinchiqlari bo‘lib, ular nafaqat zarbof kashta, balki qimmatbaho toshlar va javohirlar bilan ham qoplangan edi.
Faqat ayollar shug‘ullanadigan ipak kashtachiligidan farqli o‘laroq, zardo‘zlik bilan faqat erkaklar shug‘ullanardi. Eng mashhur zardo‘z ustalardan biri No‘mon Aminov edi. U 1908-yilda Buxoroda tug‘ilib, butun umri davomida Buxoro amirligi ustaxonasida ishlagan.
Zardo‘zlik san’ati katta tajriba va mahorat talab etadi. Buning uchun maxsus asboblar va texnologiyalar qo‘llaniladi. Naqsh kompozitsiyasini yaratish uchun avval andoza orqali naqsh tayyorlanadi, so‘ngra u qirqilib, tarang tortilgan matoga mahkamlanadi va ustidan qimmatbaho iplar bilan qoplanadi. Har bir buyumda maxsus kashta usullari qo‘llaniladi, bunday usullarning o‘ttizdan ortiq turi ma’lum. Bular orasida “zamindo‘zi” - yaxlit tikish, “guldo‘zi” - oq fonda o‘yilgan naqsh asosida kashta tikish kabilar bor.

Hozirgi kunda zardo‘zlik bilan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham shug‘ullanadi va bu san’at turi Buxorodan tashqarida ham keng tarqalgan. Bugungi kunda ajoyib zardo‘zlik buyumlari -so‘zanalar, esdalik sovg‘alari, kiyim-kechaklarning qismlari, sumkalar, hashamdor yopinchiqlar va boshqa ko‘plab narsalar erkin sotuvda mavjud.
Rasmda Buxorodagi “Sovg‘a” zardo‘zlik markazi tasvirlangan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.