Foto va Video

Pichoq yasash san'ati

4078

Pichoq – bu O‘zbekistondagi buyumni yo biron narsani kesuvchi moslamaning an’anaviy nomidir. Qo‘lda yasalgan yoki alohida ilhom bilan tayyorlangan ajoyib sifatli tig‘ va dastaga ega pichoqning o‘ziga xos xususiyatlari bor.

Eng yaxshi pichoqlar O‘zbekistonning ikkita qadimiy shaharlari – Chust (Namangan viloyati) va Shahrixon (Andijon viloyati)da tayyorlanadi. Chust va Shaxrixon pichoqlari afsonaviy hisoblanib, ularning pishiqligi va go‘zalligi haqida afsonalar yuradi, pichoqlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kolleksionerlar va oshpazlar tomonidan yuqori baholanadi.

Chust pichog'ining tarixi miloddan avvalgi VIII asrdan boshlanadi. O‘sha olis davrlardayoq hunarmandlar Chustda pichoq va do‘ppilar tayyorlashni boshladilar. XV asrga qadar pichoqlar faqat shu shaharda yasalgan, shuning uchun butun dunyo ular haqida biladi. Chust ushbu hunarmandlikning beshigi hisoblanib, pichoqni yasash sirlari bir necha asrlar davomida o‘zgarmasdan, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

Odatda, ustalar pichoq tig‘ini o‘tkirlashtirib, uni mukammal qilishga katta e’tibor berishadi. Jarayon ko‘p mehnatni talab etadi. Shaklsiz metall bo‘lagi jarangdor po‘latga aylanguniga qadar usta bir nechta amallarni mahorat bilan bajarilishi lozim bo‘ladi. Pichoqning tig‘ida har doim Chust shahrini eslatib turuvchi sifat muhri qo‘yiladi. Usta puxtalik bilan materialni tanlab, tashqi ko‘rinishi loyihasini o‘ylab, pichoq tutqichini alohida yondashuv tayyorlaydi. Pichoq tutqichi haqiqiy buqaning shoxidan, fil yoki kiyik suyagidan tayyorlanishi, kumush yoki rangli qimmatbaho toshlar bilan bezatilishi, rasm, turli xil lavhalar va bezaklarga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda nihoyatda chiroyli va ko‘rkam pichoqni "Guldor pichok" deb atashadi.

Shahrixon pichoqlari ham butun dunyoda tanilgan va yuqori baholanadi. Shaharda pichoq yasash bo‘yicha butun oilaviy sulolalar ishlaydi, ularni bu yerda "pichokchi" deb atashadi. Ko‘plab ochiq ustaxonalar mavjud bo‘lib, ularda har kim o‘z ko‘zi bilan pichoq yasash jarayonini ko‘rishi va o‘zi uchun eng mosini tanlashi mumkin. Shu yerdan pichoqlar butun O‘zbekiston bo‘ylab olib ketiladi va yuqori sifatli mahsulot sifatida sotiladi.

Bunday pichoqni vijdonan parvarishlash kerak. Uni g‘ilofda saqlash, butunlay quriguncha artish va faqat professionallarga berish lozim, chunki o‘zbek xalqi uchun pichoqlar, masalan, uyni himoya qiluvchi tumor, milliy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring