Shifolash tabiatining qirrasi
Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo‘lib, mintaqa tabiati sizni bir lahzada o‘ziga tortadi.
Baxmal va G‘allaorol tumanlarida “Temir Darvoza” deb nomlangan ajoyib yer osti yo‘llarini ko‘rishingiz mumkin. Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy qism qirg‘oqlarida o‘tovlar manzilgohi joylashgan Aydarko‘l ko‘li ko‘rkamligi bilan sayohatchilarni o‘ziga rom qiladi. Erta bahorda esa bu yerda pushti flamingolarning to‘dasini ko‘rish mumkin.
Mintaqa O‘rta Osiyoning vohasi deb nomlanib, ko‘plab shifobaxsh buloqlar, milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, ko‘plab mevali va yong‘oq daraxtlari o‘sadigan chiroyli bog‘larga ega hududdir.
Davolanish va sog‘liqni tiklash hamda kuchga to‘lish uchun aynan shu yerga sayyohlar kelishadi. Ajoyib tog‘ havosi, toza mineral suv, sog‘lom meva va sabzavotlar moʻjiza yaratadi.
Bu yerda sog‘liqni tiklashni mintaqadagi bir nechta diniy obidalarni ziyorat qilish bilan birga olib borish mumkin.
Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida Sirdaryo va Zarafshon daryolari o‘rtasida joylashgan. Uning maʼmuriy markazi – Jizzax shahri bo‘lib, uning tarixi 10-asrdan boshlanadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun