Amir Temurning vatani
Viloyat Qashqadaryo daryosining havzasida Pomir-Oloy tog‘ining g‘arbiy qiyaligida joylashgan.Qashqadaryo mintaqasi ob-havosi ekologik jihatdan eng toza bo‘lgan Qashqadaryo vohasida joylashgan eng sara manzillardan biridir.Qashqadaryo nomi bir necha maʼnolarni anglatadi, jumladan “qumda yo‘qolayotgan daryo” va “shaffof va toza daryo” dir.
Viloyatning markazi Qarshi shahri 2006 yilda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan.
Pomir-Oloy tog‘lari etagidagi kontinental (ayrim joylarda esa hatto subtropik) iqlim tufayli bu mintaqa o‘zining toza tabiiy landshaftlari, go‘zal nabotot va hayvonot olami bilan sayohatchilarni maftun qila oladi. Mintaqa hududida Kitob, Hisor va Qizil-Soy kabi bir necha mashhur qo‘riqxonalar mavjud.
Aynan mana shu tog‘oldi hududlarida tabiatning qimmatbaho mevalari – anor, behi, shaftoli, nok, gilos, limonlar yetishtiriladi. Shu bilan birga ko‘p turdagi sabzavotlar, quruq mevalardan bodom, pista va yong‘oqlar ham yetishtiriladi. Keng o‘tloq va dalalarida yashil o‘t-o‘lanlar chorvachilik hayvonlarini boqishda xizmat qilib kelmoqda. Bu boyliklarning barchasi issiq quyosh ostida, keng dalalar bag‘rida joylashgan.
Toza ob-havo va chiroyli tabiat bilan birga hudud qadimiy shaharlar va arxitektura xarobalari bilan boydir. Buyuk sarkarda Amir Temurning vatani bo‘lmish Shahrisabz shahri YUNESKO ning butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun