Ipak yo‘lining yuragi
Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur – bu Samarqand tarixida o‘chmas iz qoldirgan taniqli davlat arboblari va sarkardalarning ismlaridir. Temuriylar davrida Samarqand Qadimgi Sharqning ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi.
Viloyat hududi juda xilma-xil: janubda tog‘liklar, shimolda esa dashtlar. Tekisliklarda esa, xalq orasida och dasht deb nomlanadigan dasht bor.
Samarqandga shimoldan kirib kelishda baland tepaliklarda joylashgan qadimgi shahar Afrasiyobni (miloddan avvalgi VII-II asr) ko‘rish mumkin. Afrosiyob bir paytlar so‘g‘dlarning afsonaviy poytaxti – Maroqanda bo‘lgan. Ko‘hna shahar o‘z nomini buyuk fors shoiri Firdavsiyning “Shohnoma” dostonidagi afsonaviy qahramonlaridan biri bo‘lgan Turon shohi Afrasiab sharafiga olgan.
Samarqand viloyati Registon maydoni, Shohi Zinda meʼmoriy majmuasi, Guri Amir maqbarasi, Bibi Xonim masjidi va boshqa ko‘plab go‘zal arxitektura va madaniyat yodgorliklariga boydir.
Bu joylarga yil bo‘yi tashrif buyurish mumkin, chunki shu shaharda har doim qiziqarli bayramlar va festivallar bo‘lib o‘tadi. Bu yerdagi iqlim yumshoq, yozda barqaror issiq bo‘ladi, qishlari esa asosan qorsiz o‘tadi. Fevral oyiga kelib esa bu yerda daraxtlar gullashni boshlaydi.
Samarqand viloyati O‘zbekistonning yuragida joylashgan bo‘lib, viloyat markazi yaʼni Samarqand shahri YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan .
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun