Qadimgi sivilizatsiyalar beshigi
Surxondaryo viloyati tog‘ va ekoturizm bilan ajralib turadi. Mintaqada tabiiy landshaftning ajoyib go‘zalligini namoyon qiladigan g‘orlar, massivlar va daralarni ko‘rish mumkin. Bu joylar sayyohlar va sarguzasht izlovchilarning katta eʼtiborini tortadi.
Bu yerda uzoq o‘tmish yodgorliklari bilan tanishishingiz mumkin. Shu jumladan ochiq osmon ostidagi muzeylar, buddaviylar ibodatxonalari, qadimgi aholi punktlari xarobalari, qadimiy qalʼalar, ibodat joylarini ko‘rsatib o‘tish joiz.
Surxondaryo vodiysi yangi madaniyat rivojining sarchashmasi bo‘lgan. U tarixga taniqli shoirlar, dinshunoslar, islom dini arboblari, faylasuflarning nomlarini berdi. Ularning sharofati bilan o‘rta asrlarning ajoyib meʼmoriy yodgorliklari paydo bo‘ldi. Ushbu yodgorliklarning ahamiyati butun Islom olami uchun muhim.
Viloyatning eng qadimiy shahri va markazi bo‘lgan Termizda va uning atrofida zardushtiylar, nestorianlar, buddistlar kabi turli xalqlarning shaharlari va qalʼalarining xarobalari, meʼmorchilik va arxeologiya obidalari, shuningdek islom meʼmorchiligi yodgorliklari saqlanib qolgan. Termizdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda esa, fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.
Surxondaryo viloyati – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasidir. U shimolda Hisor tizmasi, sharqda Bobotog‘, g‘arbda Ko‘hitang va Boysun tog‘lari etaklarini, janubda esa Amudaryoni egallaydi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun