Tayn-Shan tog‘ oldi vohasi
Toshkent vohasining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko‘hna qalʼa, qo‘rg‘onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan.
Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog‘oldi tabiati bilan o‘ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz, shunindek Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin.
Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog‘-chang‘i dam olish maskanlarida dam olishingiz mumkin. Tog‘-chang‘i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo‘qligi, chang‘i poygasi va tez tushish uchun yo‘laklarning ko‘pligi tog‘-chang‘i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi.
Toshkent viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Tyan-Shan tog‘i bilan Sirdaryo daryosi oralig‘ida joylashgan. Viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri hisoblanadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun