Ming qalʼa o‘lkasi
Xorazm - O‘zbekistonning qadimiy va haqiqatan ham ajoyib mintaqasi hisoblanadi. Xorazm haqidagi ilk yozuvlar zardo‘shtiylarning “Arastu” kitobida keltirilgan. Shu sababdan mazkur mintaqa inson sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sanaladi. Eramizning birinchi ming yilligida bu yerda buyuk Xorazshohlar saltanati hukmronlik qilib, Chingizxon askarlari bosqinidan so‘ng yakson etilgan.
Xorazmda Beruniy, Al-Xorazmiy, Zamaxshariy, Ogahiy kabi mashhur insonlar yashab ijod qilgan. Bu yerda “Ma'mun akademiyasi” deb nomlanuvchi O‘rta Osiyidagi dastlabki fanlar akademiyasiga asos solingan.
“Mingta qal’alar mamlakati” – Xorazmni undagi ko‘plab ko‘hna yodgorliklari sababli shunday nom bilan atashadi.
Ming yillik tarixga ega qadimiy shaharchalar, saroylar, masjidlar, minoralar – bu yerdagi har bir toshning o‘z tarixi bor.
Ochiq samo ostidagi, 2700 yillik tarixga ega Xiva – mintaqaning yuragi hisoblanadi. Xivaning tarixiy markazini YuNESKOning xalqaro merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur Ichan qal’a hamda Dishan qal’alari bezab turadi. Kalta minor minorasi, 218 ta o‘yma ustunli Juma masjidi, Xivaning ramzi hisoblangan 56 metrli Islom Xo‘ja minorasi, Tosh Hovli saroyi, Ko‘hna ark qal’asi hamda Pahlavon Mahmud maqbarasi, Nurulloboy saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi kabilarni Xivaning durdonasi deyish mumkin.
Xorazm - O‘zbekistonning qadimiy va haqiqatan ham ajoyib mintaqasi hisoblanadi. Xorazm haqidagi ilk yozuvlar zardo‘shtiylarning “Arastu” kitobida keltirilgan. Shu sababdan mazkur mintaqa inson sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sanaladi. Eramizning birinchi ming yilligida bu yerda buyuk Xorazshohlar saltanati hukmronlik qilib, Chingizxon askarlari bosqinidan so‘ng yakson etilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun