Yangi davr, yangi xavfsizlik echimlarini talab qiladi. Koronavirus tarqalish xavfi hozir ham dolzarb bo‘lib qolmoqda va jismoniy va hissiy salomatlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Endi har qanday sayohatchi sayohatidan oldin beixtiyor xavfsizlik choralari va sanitariya-gigiyena me‘yorlari haqida o‘ylaydi.
Qanday qilib sayohat qilish istagingizni saqlab qolgan holda pandemiyaning salbiy ta‘siridan qutulish mumkin? Yechim bor! Ya‘ni, har bir sayyohning xavfsizligi uchun mas‘ul mutaxassislar va maxsus xizmatlarga ishonish. Ushbu maqsadlar uchun xalqaro standartlarga javob beruvchi barcha sanitariya me‘yorlariga rioya qilinadigan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED”, xavfsiz turizm tizimi ishlab chiqildi.
Aslida bunday tizim O‘zbekistondagi COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha sanitariya-gigiyena tadbirlariga qat’iy rioya qilishni nazarda tutadi. Barcha turistik ob’ektlar, tegishli infratuzilmalar, jamoat joylari, ishlarini davom ettirish uchun maxsus ruxsatnoma yoki sertifikat olishlari zarur. Joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, mehmon uylari, yotoqxonalar va boshqalar), barcha davlat chegara punktlari, havo, temir yo‘l va avtostantsiyalar, moddiy madaniy meros ob’ektlari, muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat maskanlari shunday ob’ektlarlar jumlasidandir.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “xavfsiz ob'ektlar” ro‘yxatini tuzgani va ular turistik marshrutlarni tuzish uchun turoperatorlarga topshirilganligini ham ta’kidlash lozim.
Bundan tashqari, turistik ob‘ektlar, turoperatorlar va tegishli infratuzilmaning barcha shaxsiy tarkibi sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish bo‘yicha malaka oshirdi. Barcha turistik joylar mutasaddi tashkilotlar tomonidan qat‘iy nazorat qilib boriladi.
Xavfsizlik va tozalik - davr talabi. Har birimiz allaqachon niqob kiyishga, qo‘llarimizga ishlov berishga va masofani saqlashga odatlanib qoldik. Hamma narsani dezinfektsiya qilish va ularni tez-tez tozalash - biz hozir e’tibor bermayotgan zaruriy choralarga aylanib qoldi, chunki endi bu ishlarni faqat maxsus xizmatlar emas, balki zamonaviy tozalik uchun faol kurashchilar ham bajarmoqda.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” xavfsiz turizm tizimining tadbirlar to‘plamiga nimalar kiradi?