2023-yilda xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga jami 6,6 million nafar sayyoh tashrif buyurdi.
Xususan, qo'shni davlatlardan o‘tgan yili jami 4 364,8 ming nafar turist tashrif buyurdi va bu 2022-yilga nisbatan 283 foizga ko‘pdir. Shuningdek, qolgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlaridan 606,4 ming nafar (2022-yilga nisbatan 291 foizga ko'p), uzoq xorij mamlakatlaridan 261,6 ming nafar (2022-yilga nisbatan 198 foizga ortiq) turist yurtimizga keldi.
Jumladan, Turkiyadan 75,5 ming (2022-yilga nisbatan 171 foizga ko'p), Janubiy Koreyadan 19,9 ming (2022-yilga nisbatan 347 foizga ko'p), Germaniyadan 17,7 ming (2022-yilga nisbatan 257 foizga ko'p), AQSHdan 13,1 ming (2022-yilga nisbatan 242 foizga ko'p), Fransiyadan 11 ming (2022-yilga nisbatan 372 foizga ko'p) hamda Buyuk Britaniyadan 10,5 ming (2022-yilga nisbatan 264 foizga ko'p) turist yurtimizni ziyorat qildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2023-yilda mamlakatimizga kelgan turistlarning 49,6 fozini 31 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan kishilar tashkil qilgan. Shuningdek, xorijlik turistlarning 723,3 ming nafari - 18 yoshgacha bo'lganlar, 846,5 ming nafari – 19 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlar hamda 1 069,6 ming nafari 50 yoshdan oshgan kishilar bo'ldi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun