Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Xaykoudagi "CITM"

Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xaykou shahrida mamlakatimiz sayyohlik sanoati vakillarining "CITM" nomli yirik xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtiroki rejalashtirilmoqda. Mazkur ko‘rgazma Xitoy bozoriga o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etuvchi dunyo mamlakatlari, mintaqalari hamda sayyohlik kompaniyalari uchun biznes maydonchasi vazifasini o‘taydi. Ko‘rgazma doirasida "road-show" tadbiri ham tashkil etiladi. Ushbu tadbir davomida O‘zbekistonning yangi sayyohlik yo‘nalishlari, investitsiya loyihalari va hududlarni rivojlantirish istiqbollari namoyish etiladi. Shuningdek, ikki mamlakat turizm ma’muriyatlari vakillari, turoperatorlari va investorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun fair@nationalprcentre.com elektron pochtasi yoki +998781290990 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 19-21-dekabr

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 10-dekabrgacha

Yana ko'ring