Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
“Arabian Travel Market 2026” joriy yilning 4–7-may kunlari BAAning Dubay shahridagi “Dubai World Trade Centre”da o‘tkaziladigan turizm va sayohatchilik sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biridir. Ushbu tadbir turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, sayyohlik yo‘nalishlari va sohaning boshqa ishtirokchilarini bir joyga jamlab, muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beruvchi yetakchi global B2B turizm forumidir.
Ko‘rgazma ishtirokchilarga mamlakat yoki kompaniyani xalqaro auditoriyaga taqdim etish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va B2B uchrashuvlarini o‘tkazish, shuningdek, turizm bozoridagi tendensiyalar, texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘rganish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Asosiy mavzu – “Travel 2040: turizmda innovatsiyalar va texnologiyalar”. Ko‘rgazma doirasida turizm sohasi uchun eng zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlangan maxsus ATM Travel Tech hududi tashkil etiladi. Bundan tashqari, MICE, lyuks-turizm va barqaror rivojlanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlar, matbuot tadbirlari va turli sessiyalar ham taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Sana: 2026-yil 4-7-may
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 15-mart
Manba: https://www.wtm.com/atm/en-gb.html
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun