Ushbu madaniy tadbirning nomi O‘zbekiston janubidagi kichik shaharchadan olingan. Boysun goʻzal Boysuntov togʻlari etagida joylashgan oddiy shaharcha boʻlsa-da, uning asosiy xususiyati shundaki, mahalliy aholi ming yillar avvalgi va islom dini tarqalgunga qadar amal qilgan madaniyatdan kelib chiqqan qadimiy urf-odat va anʼanalarni saqlab qolgan.

“Boysun bahori” festivali xalqning o‘ziga xos udumlari, an’analari, betakror madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi bayramdir. Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad nafaqat Boysun, balki O‘zbekistonning boshqa hududlari va boshqa mamlakatlarda ham avaylab asrab-avaylanib kelayotgan o‘tmish merosini to‘plash va namoyish etishdan iborat.

2001-yilda YUNESKO tomonidan Boysun madaniyati “Og‘zaki va nomoddiy madaniy meros durdonasi” deb tan olingan. 2002-yilda esa birinchi “Boysun bahori” folklor festivali boʻlib oʻtdi. Keyinchalik, u har yili o‘tkazib kelindi, so‘ngra boshqa festivallarga yo‘l berdi, biroq 2017-yilda qayta tiklandi.

Boysun hududi bahor faslida juda go‘zal bo‘lib, atrofdagi tog‘lar yam-yashil, gullab-yashnagan o‘tloqlar bilan qoplanadi, shuning uchun ham bu tadbir aynan shu vaqtda o‘tkaziladi va “Boysun bahori” deb nomlanadi.

Yana ko'ring