Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Dehlidagi “SATTE”

SATTE (Janubiy Osiyo sayohat va turizm ko‘rgazmasi) — mahalliy va xalqaro xaridorlar, sayohat, turizm hamda mehmondo‘stlik sohasi yetakchi mutaxassislari, shuningdek Milliy va Davlat Turizm Kengashlari (NTO va STO)ni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro platformadir. Ko‘rgazma biznes aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalar va ilg‘or tajribalar almashish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

SATTE Osiyoning eng yirik va yetakchi sayohat va turizm ko‘rgazmalaridan biri sifatida e’tirof etilib, global turizm bozorida samarali muloqot va barqaror rivojlanish uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.

Ushbu nufuzli xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etish imkoniyatidan foydalanib qoling!

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2026-yil 25-27-fevral

Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-yanvargacha

Manba: https://satte.in/

Shuningdek ko‘ring