Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Dushanbe International Tourism Expo / DITE

Dushanbe International Tourism Expo DITE

DITE 2026xalqaro turizm koʻrgazmasi hamda «MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligining yangi bosqichlari» xalqaro forumi doirasida Oʻzbekiston milliy burchagi (MDHga a’zo davlatlarning yagona ekspozitsiya zonasi).

Oʻtkazilish sanasi va joyi:

  • Sana: 2026-yil 22–24-sentabr
  • Joyi: Dushanbe shahri, Tojikiston Respublikasi («Dushanbe EXPO Centre»)

Ko‘rgazma haqida qisqacha maʼlumot:

Markaziy Osiyo va MDH davlatlari oʻrtasida sayyohlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan mazkur koʻrgazma va forumda Oʻzbekiston milliy turizm salohiyati MDHga aʼzo davlatlarning yagona ekspozitsiya maydonida taqdim etiladi.

Tadbir doirasida Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, Ipak yoʻli boʻylab qoʻshma transchegaraviy va mintaqaviy turistik yoʻnalishlari hamda yangi sayyohlik imkoniyatlari namoyish etiladi. Shuningdek, mintaqa davlatlarining turizm maʼmuriyatlari, turoperatorlari va soha vakillari oʻrtasida B2B uchrashuvlar, qoʻshma kelishuvlar hamda istiqbolli loyihalar muhokamasi rejalashtirilgan.

Shuningdek ko‘ring