Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

FITUR — Feria Internacional de Turismo (Madrid, Ispaniya)

Oʻtkazilish sanasi va joyi:

  • Sana: 2027-yil 20–24-yanvar (20–22-yanvar — mutaxassislar uchun, 23–24-yanvar — keng jamoatchilik uchun)
  • Joyi: Madrid shahri, Ispaniya Qirolligi («IFEMA MADRID» koʻrgazma markazi)

Ko‘rgazma haqida qisqacha maʼlumot:

FITUR — dunyodagi eng yirik va nufuzli turizm koʻrgazmalaridan biri hamda Ispaniya va Lotin Amerikasi bozorlariga chiqish uchun asosiy xalqaro maydon hisoblanadi. 2026-yilgi koʻrgazmada 161 mamlakatdan 10 mingdan ortiq kompaniya ishtirok etgan, 111 mamlakat rasmiy darajada taqdim etilgan va 255 ming nafar tashrif buyuruvchi qayd etilgan. 2027-yilda koʻrgazma maydoni ikki pavilyonga kengayib, jami 11 ta pavilyonni tashkil etadi; hamkor mamlakat — Puerto-Riko.

Koʻrgazma doirasida Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, Buyuk Ipak yoʻli boʻylab turistik yoʻnalishlari hamda yangi sayyohlik imkoniyatlari namoyish etiladi. Shuningdek, xorijiy turoperatorlar, aviakompaniyalar va soha vakillari bilan B2B uchrashuvlar, hamkorlik kelishuvlari hamda istiqbolli loyihalar muhokamasi rejalashtirilgan.

Shuningdek ko‘ring