Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
TOP RESA Yevropaning yetakchi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri hamda global turizm sanoati uchun asosiy B2B platformasi hisoblanadi. TOP RESA 2025 ko‘rgazmasi 170 dan ortiq mamlakat va sayyohlik yo‘nalishlaridan, jumladan, milliy turizm idoralari, turoperatorlar, aviakompaniyalar va mehmonxonalar tarmoqlaridan 1 700 ga yaqin eksponent, 40 000 dan ziyod professional tashrifchi va ishtirokchini o‘zida jamladi. Ko‘rgazma xalqaro xaridorlar va sotuvchilarni samarali birlashtirib, ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, strategik hamkorlikni rivojlantirish hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasida barqaror taraqqiyot uchun imkoniyatlar yaratadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2026-yilda O‘zbekiston TOP RESA ko‘rgazmasida “Faxriy hamkor mamlakat” (Country of Honor) maqomida ishtirok etadi. Bu mamlakatimizga Yevropa, Amerika va Osiyoning boshqa davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayohatchilar hamda turistlar uchun O‘zbekistonni yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida targ‘ib qilishda noyob va keng ko‘lamli imkoniyatlar beradi.
“Country of Honor” maqomi keng ko‘lamli imtiyozlarni taqdim etadi: milliy stend kengaytirilgan ko‘rgazma maydoniga ega bo‘ladi, rasmiy marosimlarda mamlakatga alohida e’tibor qaratiladi va u haqidagi ma’lumotlar ko‘rgazmaning yetakchi axborot manbalarida chop etiladi. Bundan tashqari, bu maxsus sessiyalar, seminarlar va B2B uchrashuvlarini tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.

Tashkilotchilar O‘zbekistonni “Buyuk Ipak yo‘lining haqiqiy durdonasi” deb ta’kidlaydilar. Mamlakat sayyohlik sohasining jadal o‘sishini va innovatsiyalarga ochiqligini namoyish etmoqda, bu esa uni sayohat uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda.
“IFTM Top Resa – 2026” tadbirida hamkor davlat maqomida ishtirok etish O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, shuningdek, mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishi uchun muhim omil vazifasini o‘taydi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998914299777 / +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Sana: 2025-yil 15-17-sentyabr
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-aprelgacha
Manba: https://www.iftm.fr/
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun