Foto va Video

Do‘hadagi “Qatar Travel Mart”

“Qatar Travel Mart” – Qatardagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib, turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, uning raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi turizmini birlashtirish, mahalliy va xorijiy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, turizm resurslari va madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. 

Ko‘rgazmada 35 mamlakatdan 12 000 ga yaqin vakillar ishtirok etishi, dam olish, tibbiy, madaniy, sport va halol turizm yo‘nalishlaridagi so‘nggi tendensiyalar namoyish qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya hamda V2V va V2S shaklidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi. Unda turizmni rivojlantirishga sarmoyalar kiritish, sohadagi yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro turizm ekspertlarining fikr-mulohazalari muhokama qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 25-27-noyabr

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 5-noyabrgacha

Yana ko'ring