Foto va Video

Seuldagi “SITF”

Seul xalqaro sayohat yarmarkasi Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi, Milliy sayyohlik tashkiloti va Visit Korea, Koreya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan Osiyo mintaqasidagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazmaga har yili dunyoning turli burchaklaridan turoperatorlar va sayyohlik agentliklari tashrif buyuradilar. Shuningdek, u xalqaro aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari va boshqarmalari, yirik mehmonxona majmualari va dam olish maskanlari vakillarini birlashtiradi. 11 000 kvadrat metr maydonga ega SITIF ko‘rgazmasida 70 dan ortiq mamlakatlardan 800 nafar ishtirokchi kompaniyalar va 120 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 9-12-may

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 25-martgacha

Manba: https://kotfa.co.kr/91

Yana ko'ring