Foto va Video

Mayamidagi "WTE Miami"

Mayami butunjahon sayohat ko‘rgazmasi (World Travel Expo, Miami) – АQSHning eng nufuzli ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, har yili o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda ushbu tadbir 21-23-oktyabr kunlariga rejalashtirilgan. Tadbirda 2500 mingdan ortiq sayyohlik sanoati vakillari, jumladan aviakompaniyalar, biznes sayohat kompaniyalari, aeroportlar, sayyohlik byurolari, turoperatorlar, sayohat agentlari va boshqalar qatnashishi kutilmoqda. Ko‘rgazmada, shuningdek, 300 ga yaqin stendlarda bir qator sayyohlik sohasiga oid mahsulot va xizmatlar namoyish etiladi.

Butunjahon sayohat ko‘rgazmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan tadbirda 3000 dan ortiq ishtirokchilar, 40 dan ortiq maʼruzachilar, 60 dan ortiq mamlakat vakillari (asosan Lotin Аmerikasi va Osiyo davlatlari), 400 dan ortiq stendlar va 120 dan ortiq OАV vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 21-23-oktyabr

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 20-iyulgacha

Manba: https://worldtravelexpo.org/

Yana ko'ring