2025-yil 3-4-aprel kunlari Yekaterinburg shahrida Rossiyaning turizm sohasidagi muhim tadbirlaridan biri – “YOZ-2025” xalqaro turistik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Rossiya Turizm Sanoati Ittifoqi, Sverdlovsk viloyati hukumati va Yekaterinburg shahri ma’muriyati ko‘magida Biznes ko‘rgazmalar markazida tashkil etiladi.
Tashrif buyuruvchilar uchun 30 dan ortiq biznes-tadbirlar – konferensiyalar, taqdimotlar va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron pochta manziliga yoki +998781290990 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Sana: 2025-yil 3-4-aprel
Manzil: Biznes ko‘rgazmalar markazi, Yekaterinburg
Ko‘rgazma sayti: expo-com.info
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun