Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Qurultoy doirasida dastur asosida har kuni bir qator tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya, loyiha hamda tadbirlar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda, qurultoy doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari boʻyicha sport musobaqalari hamda madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, mamlakatimizdagi Elchixona konsullari bilan tadbir ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi. Eng asosiysi qurultoy yakunida O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar “Yosh ekologlar” harakati va Yosh turizm elchilari Kengashlari raislari saylanadi.
Tashkilotchi: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani
Sana: 2025-yil 11-16 avgust
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun