O‘zbekistonning yorqin va o‘ziga xos madaniyati tajribali sayyoh va tadqiqotchilar uchun chinakam sehrli sandiqchadir. U mazkur zaminda bir necha ming yillar davomida yashagan turli millatlarning ruhi va madaniyatini o‘ziga singdirgan.
O‘zbekistonda ijodning mohir ustalari sulolalari istiqomat qilib, ota-bobolarining merosini asrab-avaylab saqlab kelishmoqda. Asrlar davomida saqlanib kelingan noyob iste‘dod va mohirlik natijasida o‘z aslini, madaniyati va betakror xalqini unutishga yo‘l qo‘ymaydigan xalq me‘morchiligining noyob asarlari vujudga keladi.
Xalqimiz san‘ati bilan yaqindan tanishish uchun siz mamlakat bo‘ylab uzoq sayohatga chiqishingiz yoki har bir viloyat o‘zining ko‘p qirrali imkoniyatlarini sehrli gilam singari namoyish etishi uchun, o‘zbek madaniyati va qadimiy me’morchilik durdonalarining rang-barang majmuini dunyoga ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan O‘zbekiston san’at festivallariga tashrif buyurishingiz mumkin.