O‘zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha YuNESKO xalqaro tashkilotiga 1993 yilda a’zo bo‘lgan edi. Shundan buyon, mamlakatimiz moddiy va nomoddiy madaniyatning Jahon merosini o‘rganish ob’ektiga aylandi.
O‘zbekistonning boy madaniyati, uzoq o‘tmish va bu hududda hukum surgan qadimiy tsivilizatsiyalardan darak beruvchi ko‘plab me’moriy yodgorliklar, tabiiy ob’ektlar, qadimiy arxeologik yodgorliklarga ega.
Ularning ba’zilari, har yili O‘zbekistonning madaniy merosining yangi yodgorliklari bilan to‘lib borayotgan YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
4 ta me’moriy majmua - Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzning tarixiy markazlari hamda Ugam-Chotqol milliy bog‘i - YuNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan moddiy ob’ektlar hisoblanadi.
Bulardan tashqari, O‘zbekistonning Navro‘z bayrami, Shoshmaqom - xalq qo‘shiqlari to‘plami, Katta ashula - an’anaviy qo‘shiqlari, Askiya - qiziqchilik san’ati, Boysunning madaniy maydoni, lazgi xorazm raqsi, palov milliy ovqati, o‘zbek adrasi va atlasi, shuningdek miniyatyura san’ati kabi nomoddiy madaniyat merosi yodgorliklari ham YuNESKOning ro‘yxatiga kiritilgan.
YuNESKOning O‘zbekistondagi umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatini Infografikamizda batafsil ko‘rib chiqamiz.