Bobur shahri
Andijon shahri - o‘zbek sheʼriyatining taniqli vakili, Mug‘allar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan, arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalarga boy bo‘lgan shaharni , tashrif buyurishga tavsiya etamiz:
✔️ Bobur bog‘i;
✔️ Jomiy meʼmoriy majmuasi;
✔️ Qutayba ibn Muslim maqbarasi;
✔️ Bibi Seshanba (muqaddas joy).
Andijon ob-havosi butun vodiydagi ob-havodan ko‘p farq qilmaydi. Manfiy haroratlar ko‘p bo‘lmaydigan qish vaqti-vaqti bilan keskin sovuq tomon o‘zgarishi mumkin, ammo bu tez takrorlanmaydigan va ko‘pi bilan bir-ikki kunga cho‘ziladigan xolatdir.Shu uchun bunday paytlarda har doim zaxirada issiq narsalar bo‘lishi kerak.
Farg‘ona vodiysi o‘zining hunarmandchilik ustaxonalari bilan mashhur. Andijondan olib kelinadigan eng ko‘p sovg‘alar – kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari va albatta xon atlas, adras va ipak kabi to‘qimachilik buyumlari hisoblanadi. Agar siz ozgina qimmatbaho vaqtingizni sarflab, Andijondan unchalik uzoq bo‘lmagan Shahrixon shahriga borsangiz, unda siz pichoqni sevadiganlar uchun jannatga tushasiz. U yerdagi barcha pichoqlar faqat qo‘lda yasaladi va ularning ishlab chiqarish sifati butun mamlakatga mashhur. Narxlar material sifati, toblash usuli va usta nomiga qarab farq qiladi. Pichoqlar va mahalliy sanʼatning boshqa esdalik buyumlarini sotib olayotganda, ustadan mahsulot suvenir ekanligini tasdiqlovchi sertifikat olishni unutmang.
O‘zbekistonning turli mintaqalarida go‘shtni qanday qilib benazir tayyorlashlari haqida ko‘p gapirish mumkin, ammo biz ushbu mavzudan yiroqlashib, Farg‘ona vodiysining serhosil yerlarida o‘sadigan mahsulotlar, hamda turli xil mevalar haqida gaplashamiz! Afsonaga ko‘ra, agar siz oddiy tayoqni olib, yerga suqib qo‘ysangiz, u ildiz otadi va albatta o‘z mevasini bera boshlaydi. Shaharga kiraverishda shoxlari pishgan mevalardan sinib ketayotgandek ko‘plab mevali daraxtlar bilan qoplangan bog‘larni ko‘rishingiz mumkin. Siz bu mevalarni shu joyning o‘zida tatib ko‘rishingiz yoki yo‘l bo‘yida sotib olishingiz mumkin. Kunning issiq jaziramasida muzdek silliq shaftolini tishlaganda uning sharbati yonoqdan oqib tushishini taʼriflashga so‘z ojiz. Bundan tashqari bu yerda yana bir qiziqarli ichimlik sotiladi ... Bu qora tut sharbati! Aytishlaricha, agar uni kuniga uch mahal ichsangiz, abadiy yashashingiz mumkin! Quritilgan mevalar to‘g‘risida ham gapirmaslikning iloji yo‘q. Quritilgan o‘rik, xurmo, olxo‘ri va choyga qo‘shib ichish yoki pistadek yeyish mumkin bo‘lgan quritilgan tut ham bor. Ushbu xilma-xillik orasida toshcho‘p, rayhon kabi tog‘ dorivor o‘simliklarini topish mumkin.
P.S. Palovni ham albatta tatib ko‘rish kerak! U o‘ziga xos taʼmi tufayli palov uchun juda mos keladigan guruchning alohida navi bo‘lmish devzira guruchidan tayyorlashadi.
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz. ☪️☦️✡️✝️
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan.
☪️ Bu joy Bibi Seshanba deb nomlanadi. Mazkur avliyo paxtadan yigirish va to‘qish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan deb ishoniladi.
Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i sayr qilish va fotosuratlar uchun ajoyib joydir!
☪️ Andijon jome masjidi XIX asrda qurilgan bo‘lib, deyarli 1,5 gektar maydonni egallaydi.
Farg‘ona vodiysining janubiy sharqda respublikamizning yana bir qadimiy shahri bor. Bu Andijon. Uni haqli ravishda qadimiy deb hisoblash mumkin, chunki arxeologlar 2500 yil oldin shaharda odamlar yashaganligini aniqlagan. Miloddan oldingi VI asrda Axomaniylar Markaziy Osiyoni zabt etganda, Andijon o‘z mustaqilligini saqlab qoldi va bu Dovon davlatining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘tish davrida odamlar bronza asboblarini o‘tmishda qoldirib, temirga o‘tishganida, Dovon Xitoy imperiyasi tomonidan hujumga uchradi. Ushbu hujumning sababi imperator U-dining otlarning eng qadimgi va juda qimmatli zotlaridan biri bo‘lgan arg‘umoqlarni qo‘lga olish istagi edi. Ammo Xitoy bu jangda va keyingilarida ham, mag‘lubiyatga uchradi.
IX asrda shahar Somoniylar davlati tarkibiga kirdi va Farg‘ona vodiysining asosiy shaharlaridan biriga aylandi. O‘sha vaqtda u Andukan deb nomlangan edi. Keyinchalik XIV asrda Amir Temur davrida shahar ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanish cho‘qqisiga chiqadi.
Mashhur shoir va sarkarda, 11 yoshida Andijon hukmdori bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Andijon viloyatining Axsikent shahrida tug‘ilgan. U Temuriylar sulolasining vakili bo‘lib, Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasiga asos solgan. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi Shoh Jaxon dunyo moʻjizalaridan biri bo‘lgan Toj Mahalni qurgan!
Bugungi kunda Andijon sanoat va mashinasozlik markazi hisoblanadi. Shaharda avtomobil zavodi va ko‘plab yirik sanoat korxonalari mavjud.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun