Madaniyatlar chorrahasi
Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin!
Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar.
Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.
XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!
Shaharni ziyorat qilsangiz, siz bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan hayratda qolasiz, ammo biz sizga albatta ko'rishga arziydigan eng mashhur diqqatga sazovor joylarni ko'rsatishga harakat qilamiz!
✔️Bibixonim masjidi va maqbarasi
✔️Shohi Zinda maqbarasi
✔️Guri Amir maqbarasi
✔️Registon maydoni
✔️Qadimgi Afrosiyob manzilgohi
✔️Ruxobod maqbarasi
Samarqand iqlimiga aniq fasllarga bo‘linish xos. Qish odatda yumshoq va harorat 0 ° S dan pastga juda kam hollarda tushadi. To‘satdan sovuq bo‘lishi juda kam uchraydi, va asosan kechalari tushishi mumkin. Bu yerda yoz juda issiq, shuning uchun siz o‘zingiz bilan bosh kiyim va quyoshdan himoya qilish uchun ko‘zoynak olib kelishni unutmang.
Samarqand suvenir do‘konlari yog‘ochdan, matodan va boshqa materiallardan yasalgan hunarmandchilik mahsulotlarining ishqibozlarini xursand qilishi mumkin. Anʼanaga ko‘ra, ustaxonalarning aksariyati eski madrasalarda bo‘lib, barcha hunarmandchilik mahsulotlari mahalliy hunarmandlar tomonidan qo‘lda yasalgan. Ammo Samarqandda odatiy suvenirlardan tashqari, siz mamlakatning boshqa hududlarida topa olmaydigan yana bir nechta xususiyatlarni ko‘rishingiz mumkin. Avvalo, sizga Bibixonim masjidi yonida joylashgan, eski Samarqandning markazida bo‘lgan Siyob bozoriga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Ushbu bozorda siz juda ko‘p miqdorda quritilgan mevalar, yong‘oqlar va shirinliklarni topishingiz mumkin .Yuqorida sanab o‘tilgan narsalar qatorida Samarqand kulchasi va Samarqand holvasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Samarqand viloyatida “Meros” nomli qog‘oz fabrikasi ham mavjud. Uning ustalari tut po‘stlog‘idan qog‘oz tayyorlash usulini saqlab qolishgan. Ushbu usul X-XI asrda paydo bo‘lib o‘zining bardoshliligi bilan ajralib turgan. Ushbu fabrikada siz shahar rasmi tasvirlangan otkritkalar, yon daftarlar, niqoblar va hatto noodatiy qog‘ozli ko‘ylaklar, qo‘g‘irchoqlar va sumkalar kabi buyumlarni sotib olishingiz mumkin.
Aksariyat viloyatlarimizda bo‘lgani kabi Samarqandda ham asosiy taom palovdir. Bu turdagi palov, Buxoro palovi singari, pishirish paytida aralashmaydi, bu esa palovga o‘ziga xos parhezli taʼm beradi. Aslida, bu parhezlik shundan iboratki, har kim taomdan qancha sabzi va qancha go‘sht suzishni tanlashi mumkin. Oshdan tashqari, turli xil kaboblar, manti va ayniqsa Samarqand nonlari ham mashhur! Samarqand noni haqida afsonalar mavjud, chunki ularni xohlagancha saqlash mumkin va ular hech qachon mog‘orlamaydi va qotib ham qolmaydi. Afsonalardan birida aytilishicha, Buxoro amirlaridan biri Samarqand nonlarini juda yaxshi ko‘rar va shu sababli nonlarni doimiy ravishda unga olib kelishni buyurar edi. Ammo bir safar buyurtmani kutishdan charchaganda, ularni Buxoroda qanday qilib pishirish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylay boshladi. “Ehtimol, Samarqanddan un olib kelish kerakdir”, deb o‘yladi u. Ammo nonlar o‘xshamadi. “U holda mahalliy suvni olib kelish kerak”. Ammo yana muvaffaqiyatsizlik. “Ehtimol, hamma gap loydadir! Samarqand loyini olib kelib, undan tandir yasash kerak!”. Natija o‘zgarishsiz qoldi. “Ehtimol, bu novvoylardadir? Menga samarqandlik novvoy kerak!”. Ammo hattoki samarqandlik novvoy ham bu taʼmni Buxoroda takrorlay olmadi. Shundan so‘ng, amir o‘z urinishlaridan voz kechdi va sevimli taomini Samarqanddan olib kelishni davom ettirdi.
Samarqand bozorlarida ko‘plab quruq va ho‘l mevalarni uchratishingiz mumkin. O‘zbek oshxonasi to‘g‘risida ko‘plab yangiliklarni quyidagi havoladan topib o‘qishingiz mumkin.
Fotosuratlar har bir sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda biz sizni Samarqand shaharning eng yaxshi suratlarini qilishingiz mumkin bo‘lgan eng go‘zal joylar bilan tanishtiramiz.
P.S. Shuni unutmangki, O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurganingizda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelka, bel va oyoq) yopib qo‘yish tavsiya etiladi, diqqatga sazovor joylar belgilar bilan belgilanadi. ☪️☦️✡️✝️
☪️ Registon – Samarqand shahrining asosiy maydoni va eng taniladigan diqqatga sazovor joydir. Unda uchta mashhur madrasa mavjud – Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-Kori.
☪️ Gur-Amir – Amir Temur maqbarasi, uning ustozi Mir Sayyid Baraka va Temuriylar sulolasining baʼzi aʼzolari ko‘milgan ziyoratgoh.
☪️ Imom al-Buxoriy xalqaro markazi yodgorlik majmuasi yonida joylashgan bo‘lib, u juda katta va chiroyli hududga ega. Ushbu majmuada bo‘lganingizda bir nechta chiroyli suratga olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Samarqandni bir ko‘rgan inson unga oshiqu beqaror bo‘ladi , shahardagi davrlar va turli madaniyatlarning qorishib ketganini ko‘rib, uni abadiy eslab qolishi aniq. Samarqand Rim va Nankin kabi qadimiy poytaxtlar bilan tengdoshligini bilarmidingiz? Ha, ha! Shahar bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lgan, bu nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri deb nomlanish huquqini beradi. Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari davriga to‘g‘ri keladi.Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti bo‘ldi. Buyuk Temur o‘z poytaxtini qanday tanlaganligi haqida shunday afsona yuradi . O‘z tanlovini amalga oshirish uchun, u fuqarolarga barcha shaharlarning kirish darvozalariga qo‘chqorning jasadini osib qo‘yishni buyurdi va bir oydan keyin shaxsan o‘zi darvozalarga osilgan go‘shtlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha shahar darvozalariga osilgan tana go‘shti chirishiga ulgurgan va faqat Samarqand darvozalarida u deyarli buzilmasdan va hidlanmasdan turardi. Buni ko‘rib, Temur shunday dedi: “Bu shaharning havosi toza va yerlari esa unumdor. Poytaxt shu yerda bo‘ladi! ” Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tufayli shahar dunyo ilm-fanining markaziga aylandi. Samarqand “o‘z hayotida tashrif buyurishga arziydigan 50 shahar” ro‘yxatiga kiritilgan.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun