“Men Registonman,
Men Samarqandning yuragiman
Men asrlarning tosh yilnomasiman ”
Samarqand shahridagi Registon maydoni O’rta Osiyodagi shaharsozlik san’atining yorqin namunalaridan biridir.
Maydonning nomi - "Registon" "qum maydoni, qumli joy" deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, serhosil vohaning markazi bo’lgan Samarqand shahridagi ushbu maydonning nomiga ta’rif bera oladigan, yana bir talqinda aytilishicha, o’rta asrlarda Movaraunnahrdagi barcha shaharlarda markaziy maydonlar Registon deb nomlangan, bu Sharqdagi shaharlarning ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazlari bo’lgan.
Amir Temur hukmronligi davrida (1370-1405 y.) Registon - asosiy savdo maydoni sifatida xizmat qiladi. Ulug’bek davriga kelibgina, u rasmiy marosimlar o’tkaziladigan mahobatli joy maqomini oladi.
Xarita
Onlayn sayohat
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh