Foto va Video

Islom Xo‘ja meʼmoriy ansambli

3210

Qadimiy Xivaning yuragi va qalbi bu – Ichan-qalʼadir. Ochiq osmon ostidagi shahar va qadimiy meʼmoriy yodgorliklarning noyob ombori hisoblanadi. Ichan-Qalʼa markazida XX asr boshlariga tegishli noyob diniy muassasa mavjud. Bu Islom Xo‘ja madrasasidir. Meʼmoriy ansambl madrasaning o‘zi va balandligi 45 metr bo‘lgan minoradan iborat.

1908 yilda mazkur diniy bino qurilishining tashabbuskori Xiva hukmdori Isfandiyorxonning qaynotasi va bosh vaziri o‘z davrining ilg‘or arbobi Islom Xo‘ja bo‘lgan.

Madrasa qurilishida Xiva xonligining taniqli ustalari va meʼmorlari, shu jumladan taniqli usta Xudoybergan Xo‘ja va o‘sha davrning eng yaxshi naqqosh ustalari ishtirok etishdi.

Arxitektorlarning fikriga ko‘ra, 2 inshoot qarama-qarshilik qoidasi asosida qurilgan: uncha katta bo‘lmagan hududda eng baland minora kichik madrasa yonida qad ko‘targan.

Madrasa ichida siz 40 dan ortiq hujralar va katta gumbazli zalni ko‘rish mumkin. Makkaga qaragan ibodatxona devori – Mehrob nafis mayolika va ganch bilan bezatilgan, devorlar ustki qismi moviy rangga bo‘yalgan naqshinkor plitalar bilan qoplangan.

1910 yilda ansambl qurilishi tugallangan. Minoraning balandligi 44,6 metrni tashkil etdi. Bu Buxorodagi Minorai Kalondan keyingi Sharqning eng baland minoralaridan biri edi.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring