Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Registon maydoni

23446

“Men - Registonman,

Men - Samarqandning yuragiman,

Men - asrlarning tosh solnomasiman”

Samarqand shahridagi Registon maydoni Markaziy Osiyodagi shaharsozlik sanʼatining yorqin namunasidir.

Uning nomi “qumli maydon” deb tarjima qilinadi. Serhosil vohaning markazi boʻlgan Samarqanddagi bu maydon nomiga izoh beruvchi asosli manbada keltirilishicha, oʻrta asrlarda Movarounnahrning barcha shaharlarida markaziy maydonlar Registon deb atalgan – bular sharqiy shahar hududlarning maʼmuriy, savdo va hunarmandchilik markazlari boʻlgan.

Buyuk sarkarda Amir Temur (1370-1405) davrida Registon asosiy savdo nuqtasiga aylangan. Biroq Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek hukmronligi davridagina maydon tantanavor-rasmiy ahamiyat kasb etdi.

Registon uchta ulug‘vor bino – Ulug‘bek, Tillakori va Sherdor madrasalaridan iborat.

2001-yilda Registon meʼmoriy majmuasi Samarqandning boshqa tarixiy obidalari qatori YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

O‘zbekistonning asosiy qadamjolaridan birini ko‘rish uchun dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar tashrif buyuradi.

Xarita

 

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring