Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylar katta hurmat va ehtiromga sazovor. Har bir o‘quvchi, talaba, amaliyotchi shu kuni ustozini tabriklashni o‘zining burchi deb biladi. Zero, o‘qituvchi shaxsning shakllanishiga, hayotda o‘z o‘rnini topishiga, qimmatli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishiga yordam beradigan tabarruk zotdir.
Ma’lumki, o‘zbek zaminida ilm-fan va kamolot olamida yo‘l ko‘rsatuvchi yulduzlarga aylangan buyuk allomalar, ulug‘ siymolar, ma’rifatparvarlar va ustozlar yetishib chiqqan. Zamonaviy dunyoni Muhammad al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi daholar ijodisiz tasavvur etish qiyin. Ularning ma’rifatga qo‘shgan hissasi shubhasizdir va bugungi kunda o‘sib kelayotgan avlodda qiziquvchanlik, ilm olishga intilish va fanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish g‘oyat muhimdir.
O‘qituvchilar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, konsertlar uyushtiriladi, o‘quvchi va talabalar o‘zlarining aziz ustozlariga sovg‘alar, esdalik tabriknomalar va gullar taqdim etadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh