Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Hozirda O‘zbekiston shaharlarida zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilgan bo‘lsa-da, har bir hududda an’anaviy o‘zbek uylari saqlanib qolgan mahallalar mavjud. O‘zbek millatining turmush tarzi o‘zining tarixiy an’analariga ega bo‘lgan uy-joy qurilishi xususiyatlari bilan boshqa millatlarnikidan ajralib turadi. Samarali rejalashtirish va me’moriy usullarning xilma-xilligi tufayli o‘zbek ustalari eng issiq kunlarda ham makonni to‘g‘ri tashkil etishga va qulay mikroiqlim yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. Ventilyatsiya tizimi, binolarning to‘g‘ri yo‘naltirilishi, sug‘orish va uy atrofidagi hududni ko‘kalamzorlashtirish - bularning barchasi oilaning barcha a’zolari uchun eng yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlagan.
O‘zbek an’anaviy uylari o‘zining betakror tashqi ko‘rinishi va ichki bezagi, boshqa mamlakatlarda uchramaydigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va bezaklari bilan mashhur. An’anaviy uylar odatda tor ko‘chalarda joylashgan bo‘lib, ular bo‘ylab derazalari bo‘lmagan paxsa devorlar bilan o‘ralgan uylar qurilgan. Turar joy va xo‘jalik binolarining barcha derazalari faqat hovliga qaragan, bu esa xavfsizlikni ta’minlagan. Badavlat oilalarda hovli ikki qismga bo‘lingan - ichkari (ichki qism) bolalar va ayollar uchun va tashqari (mehmonxona) - mehmonlar uchun chiroyli va bashang jihozlangan qism. Shu bilan birga, kirish eshigi har doim past bo‘lgan, shunda unga kirib-chiqayotgan odamlar egilib kirishgan, ya’ni ta’zim qilishgan, chunki uyning ostonasi muqaddas hisoblanadi. Yengil ta’zim uy va mezbonlarga hurmat ko‘rsatishga xizmat qilgan.
O‘zbek oilalarida an’anaviy ravishda uy-joyni bezatish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Odatda, yerga gilam to‘shalib, ustiga ko‘rpachalar solingan. Xona o‘rtasida esa turli taomlar, mevalar, shirinliklar va albatta yangi yopilgan nonlar bilan dasturxon yozilgan. Mehmonxonaga rang-barang kashtali yostiqlar qo‘yilgan, sandiqlarga taxlangan ko‘rpa-to‘shaklar ustiga naqshinkor so‘zanalar yopilgan.

Paxta gulli naqshli idishlarni an’anaviy o‘zbek xonadonining ramzi deb hisoblash mumkin. Bu naqsh paxtaning O‘zbekiston madaniyati va xo‘jaligidagi ahamiyatining ifodasi sifatida paydo bo‘lgan. Bunday naqshli idishlar ko‘pincha bayram dasturxonini bezash uchun ishlatilgan va qolgan vaqtda ular interyerda faxriy o‘rinni egallagan - ular uy egalarining farovonligini namoyish etish uchun javonlarga yoki maxsus tokchalarga qo‘yilgan.
Tokcha devordagi an’anaviy bezakli qism bo‘lib, uning asosiy vazifasi idish-tovoq va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari, masalan, ko‘rpa, sandiq yoki ko‘zalarni saqlashdan iborat. Tokcha odatda poldan 80 sm balandlikda joylashadi va ko‘pincha “mayda tokcha” yoki “kosamon” deb ataluvchi turli shakldagi bir nechta kichik katakchalarga bo‘linadi. Bu katakchalar alebastrdan o‘yib ishlangan arkalar bilan bezatiladi.
O‘rta asrlardagi an’anaviy uylarda yog‘och to‘siqlar turar-joy ichidagi shaxsiy makonlarni yaratish uchun muhim element bo‘lib xizmat qilgan. Ular Islomning hayo haqidagi ko‘rsatmalarining bir qismi bo‘lgan erkaklar va ayollarning alohida yashashiga ko‘maklashgan. To‘siqlar nafaqat amaliy vazifani bajargan, balki murakkab o‘ymakorlik asosida bezatilib, hunarmandlarning mahoratini aks ettirgan va interyerga nafislik baxsh etgan. Shuningdek, ushbu bezak elementlari uy egalarining ijtimoiy mavqeidan darak bergan.
O‘zbekistonning ko‘pgina joylarida o‘zbekona qiyofaga ega bo‘lgan shunday uylar saqlanib qolgan. Bunday an’anaviy sharqona uylarning ba’zilari mehmon uylariga aylantirilgan bo‘lib, sayyohlarga nafaqat ajoyib interyer va bezaklarni ko‘rish, balki o‘zbek oilalarining kundalik hayoti bilan tanishish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.