Foto va Video

Sharq me’morchiligining oltin davri. Islom meʼmorchiligi

39

XVI asrdan boshlab meʼmorchilik va qurilish faoliyati asosan yirik shaharlar – Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoʻqonda jamlangan. XVI-XVII asrlarda Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining mashhur saroy va maʼnaviy-maʼrifiy majmualari: Samarqanddagi Registon, Poyi Kalon majmuasi, Buxorodagi Labi Hovuz, Qoʻsh madrasa, Ulugʻbek va Abdulazizxon madrasalari dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi. 

Yirik shaharlar va shahar chekkasida turarjoy binolari, saroylar, bozorlar, karvonsaroylar juda rivojlangan. XVIII asr oʻrtalarida Xiva atrofidagi hududida jadal qurilish boshlandi. Bu shaharning meʼmoriy yodgorliklari orasida Toshhovli saroyi (1830-1838), Muhammad Aminxon madrasasi (1851-1855), Kaltaminor minorasi (1855) alohida ajralib turadi. 

Oʻzbek meʼmorchiligi oltin davrining asosiy diniy muassasalari Buxoro, Xiva, Samarqand va Toshkentda joylashgan edi. Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasi, Toshkentdagi Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Koʻkaldosh madrasalari, Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Poyi Kalon majmuasi, Nodir Devonbegi madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi va Olloqulixon madrasasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Islom Xo‘ja masjidi kabilar hisoblanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring