Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Mustaqillik kuni - O‘zbekistonning asosiy milliy bayrami. Mamlakatimiz 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasida mustaqil Respublika deb e’lon qilingan. 1-sentyabr kuni Davlat bayrami va dam olish kuni deb belgilangan.
Mustaqillik bayrami arafasida keng ko‘lamli tantanalar, xalq sayillari, yarmarkalar o‘tkaziladi, shahar ko‘chalari Vatanga hurmat va muhabbat ramzi sifatida milliy bayroqlar bilan bezatiladi. 31-avgust kuni poytaxtning bosh maydoni “Mustaqillik” maydonida katta konsert va ommaviy sayillar bo‘lib o‘tadi, 1-sentyabr oqshomida esa ulkan salyutni tomosha qilish mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh