Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Eng yorqin va quvnoq bayramlardan biri – Navro‘z. Bu qadimiy bayramga 3000 yildan ortiq vaqt bo‘lib, u zardushtiylik dinidan kelib chiqqan. Qadim-qadimdan Navro‘z sharqona yil hisobi bo‘yicha yangi yilning kirib kelishi, birlik kuni, quvonchli voqea sifatida nishonlangan. Bayram qadimiy an’analar va urf-odatlar bilan yo‘g‘rilgan. Asosiy bayram kuni 21-mart bo‘lsa-da, bayramoldi va bayramdan keyingi kunlarda bir oy davomida tantana va tadbirlar o‘tkaziladi. 
Navro‘zda sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanadi, o‘zaro sovg‘a-salomlar ulashiladi, yaqinlardan xabar olinadi, xalq sayillari va festivallarda ishtirok etiladi. Shaharlarda tozalik o‘rnatiladi, xiyobonlar bahor gullari bilan bezatiladi va hamma joyda gulzorlar barpo etiladi – bularning barchasi bahorning kelishi, ya’ni yangi hayotning boshlanishini anglatadi!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh