Ko’k somsa tayyorlashning oshpazlik video-retsepti

3246

Ko‘k somsa - bu ko‘klam quvonchi, baxt nishonasi, bahor bayramidir! Bu kabi somsa sizda yana qanday  hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin?

Haqiqiy an’anaviy somsani tayyorlash – bu eng avvallo mashaqqatli mehnat, mohir qo‘llar va oshpazning qalbidir. Ayniqsa, agar somsa varaqi xamirdan tayyorlansa.

Xamirning har bir qavatiga ishlov bersh, masalliqni o‘zgacha tayyorlash o‘zida bir sirni saqlaydiki, bu sir ajdodlardan avlodlarga meros sifatida yetkazib berilmoqda.


Ko‘k somsa hanuzga qadar o‘zbek xalqining dasturxonida asosiy taomlardan biri bo‘lib kelgan. Erta bahorda birinchi yashil ko‘katlar bosh ko‘targanda somsani tayyorlash ishlari avj olib boradi.

Ko‘klamda inson tanasida vitaminlar yetishmasiligi sababli holsizlanish kabi kasallik nishonasi ko‘rinishi hammaga ma’lum. Mazkur kasallikning oldini olsh maqsadida ko‘k somsani tayyorlash qadimdan yangi hayot boshlanishi sifatida bayram qilinadi. Bebaho yashil ko‘kat bilan tayyorlangan ko‘k somsadan yaxshiroq taom bormikan?

Juda ko‘p o‘zbek ayollari uchun ko‘k somsani tayyorlash bu odatiy holga aylangan, axir uni yoshu qari birdek sevib iste’mol qilishadi.

 Yillar o‘tgan sayin ko‘k somsaning ichi massalig‘i o’zgargani bilan uning o‘zi, ta’mi o‘zgarmas, betakror bo‘lib qolmoqda.

An’anaviy ko‘k somsamizning tayyorlanish yo‘lini bizning videorolikni ko‘rib bilib olishingiz mumkin. Mazkur videorolikda mohir oshpazimiz Bahriddin Chustiy bu oshpazlik asarining qanday tayyorlanishini ko‘rsatib beradilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring