Manti – bug‘da pishirilgan mazali taom

6499

O‘zbek oshxonasidagi taomlarni tatib ko‘rgan inson barcha o‘zbek taomlari  qovurilgan go‘sht va sabzavotlarga asoslangan taomlar deya tasavvurga ega bo‘lishi mumkin, ammo  bu unday emas. Bug‘da pishirilgan taomlar ham o‘zbek oshxonasida bor. Masalan: manti-ajoyib , ishtahani qo‘zg‘atadigan va eng muhimi foydali taomlardan biridir.

Asosan manti bu bug‘da pishirilgan katta chuchvaradir. Ularni tayyorlash uchun qattiq xamir qoriladi.

Kichik to‘g‘rito‘rtburchak yoki kvadrat qilib kesilgan xamirning o‘rtasiga  bir osh qoshiqda qiyma yoki mayda qilib to‘g‘ralgan go‘sht qo‘yiladi, manti sharbatli chqishi uchun qiyma yoki go‘shtga albatta dumba qo‘yyog‘i to’g’raladi. Eng asosiysi mantini to‘g‘ri  tugish- yupqa qilib yoyilgan xamir ( bor yog‘i 2 mm) va sersuv qiyma. Mana nima uchun manti bu kabi mazali bo‘lib chiqadi! Mantini  bug‘da pishirish uchun maxsus mantiqasqonda teriladi. 

Odatda mantini suzma bilan birga tortishadi ( Samarqandda chakka deb yuritishadi) –bu sutli achitqi mahsulot bo’lib, ta’mda qatiqqa o’xshab ketadi.  Suzma manti taomi uchun ajoyib gazak o‘rnida  ishlatidigan taomdir.

O‘zbek xalqi ochiq ko‘ngil xalq bo‘lib milliy taomlar ustida doim tajriba o‘tkazib kelishadi va yangidan yangi ta’mli taomlar ixtiro qilishadi. Shuning uchun ham manti taomi turli ko‘rinishlarda tayyorlanadi. Masalan: manti palov bilan birga pishirilib yangi taom-palov manti hosil bo’ladi, yana qovurma manti bor, suvda qaynatilgan  Suv manti bor, achitqili xamirda tayyorlangan ochiq qiymali – Ochiq manti bor, andijoncha pishiriladigan Andijoncha manti, qovoq bilan pishirilgan manti-Qovoqli manti.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring