Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekistonda mehmon kelsa, pastga tush, palov bermoq ahdga tush, degan maqol mavjud. Palov – bu har bir O‘zbekiston aholisi pishirishni bilishi kerak bo‘lgan an’anaviy taomdir. Ushbu mazali taom juda oddiy masalliqlardan tayyorlanadi: guruch, go‘sht, ziravorlar, sabzi va piyoz. Palov har kungi ovqat sifatida ham, bayramona taom – ayniqsa to‘y, ziyoratdan qaytish, farzandli bo‘lish, yubiley, dafn marosimi, shuningdek ehson sifatida ham dasturxonga tortiladi. Palovining tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Uning paydo bo‘lishi haqida bitta qadimiy afsona bor.

O‘zbekistonga tashrif buyurib, haqiqiy o‘zbek palovini tatib ko‘rmagan mehmon o‘zbek madaniyati va mehmondo‘stligining mohiyatini anglamagan deb hisoblanadi. O‘zbek palovi – bu haqiqiy xushxo‘rlar va sharqona taomlarni yaxshi ko‘ruvchilarning taomidir. Dunyoda palov tayyorlashning 100 dan ortiq retsepti mavjud bo‘lib, O‘zbekiston o‘zining ham o‘ziga xos turlari bilan maqtana oladi.
O‘zbekistonning har bir mintaqasida palov o‘zgacha retseptlar bo‘yicha pishiriladi. Masalan, Toshkentda “Bayram oshi” tayyorlansa, Andijonda palovga uzum barglarini qo‘shib “Kovatok palov”ni xush ko‘rishadi, Xivada esa palovning eng parhezli turi “Chalov” pishiriladi.
Ammo palovning kelib chiqish tarixini ko‘pchilik bilmaydi. Qadimgi afsonada “Palov osh” so‘zining kelib chiqishi buyuk Ibn Sino nomi bilan bog‘ligi aytilgan. Aslida, Palov so‘zi taom tarkibiga kiruvchi masalliqlarning qisqartmasidan tashkil topgan: P-piyoz, A-ayoz - sabzi, L-lahm – go‘sht, O-olio - moy, B-vet - tuz.

Bir kuni Buxoro hukmdorining o‘g‘li kambag‘al oiladan bo‘lgan bir g‘o‘zal, yosh qizni uchratib qoldi. Ikkalasining mavqei, jamiyatda tutgan o‘rni teng bo‘lmaganligi sababli, ular orasidagi nikoh imkonsiz edi. Baxtsiz sevgidan azob chekayotgan shaxzoda yeb-ichichishdan, hayotdan zavqlanmay qoladi va kudan-kun zaiflashib boraveradi. Shunda hukmdor mashhur tabib Ibn Sinoni chaqirtirib, kasallik sababini aniqlab berishini va yagona merosxo‘rini davolab berishini o‘tinib so‘raydi. Yigitni ko‘zdan kechirgan Ibn Sino kasallik sababi sevgi muhabbat ekanligiga amin bo‘ladi. U hukmdorga merosxo‘rini davolashning 2 yo‘li borligi birinchisi: ikkala yoshlarni uylantirib qo‘yish, ikkinchi yo‘li: yigitni yettita masalliqdan iborat bo‘lgan juda kuchli taom bilan, ya’ni palov osh bilan davolash mumkinligini aytadi. Ibn Sino yigitga palov oshni yedirgan sayin unda kuch quvvat oshayotganligining guvohi bo’ladi. Shundan so’ng xalq orasida mazkur taom nafaqat davolovchi va kuch beruvchi taom balki ziyofatlar va bayram taomiga ham aylanishga ulguradi.

Qadimgi sharq maqolida aytilishicha mazali palov kuchli olov, guruch va go’shtli qozon hamda albatta mehrga muhtoj. Darhaqiqat, palov tayyorlashning ba’zi bir nozik tomonlari ham mavjuddir. Masalan: lahm go‘shtni faqatgina oqar suvda yuvish lozim, saralangan guruchni esa idishda kaftlar orasida sekinlik bilan siypalab yuvish kerak. Qozon yetarlicha qizigandan song yog‘ solinadi, shundan so‘ng olovni pastlatib lahm go‘sht , piyoz, to’g’ralgan sabzi va ziravorlar birin ketin qozonga joylanadi. Zirvak tayyor bo‘lgandan song, guruch solinadi. O‘choqda pishirilgan palov esa juda mazali bo‘ladi.
O’zbekistonda palov taomi allaqachon marosimlarning ajralmas qismiga aylanib bo’lgan. Haqiqatda ham palov insonlarni birlashtiradi, munosabatlarni jipslashtiradi, hayot baxshida etadi, sog‘liq va immunitetni mustahkamlaydi – axir bejiz bu taom insoniyatga Ibn Sino tomonidan tavsiya qilinmagan.
2016-yilda palov tayyorlash madaniyati va an’anasi YuNESKO nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.