Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Akmal Azlarov

317

Akmal Azlarov 1957-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. U maktab yillaridanoq yog‘och o‘ymakorligiga qiziqqanligi sababli usta Saidazim Qosimov rahbarligidagi to‘garakka a’zo bo‘lgan, bu esa uning san’atga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirgan. 1979-yilda Akmal Azlarov yog‘ochga ishlov berish va mebel sanoatida konstruktor-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oldi va bu sohadagi kasbiy faoliyatini boshladi. Hunarmand 1982-1986-yillarda tahsil olishni Toshkent davlat pedagogika institutining chizmachilik va tasviriy san’at fakultetida davom ettirdi.

Akmal Azlarov bir necha bor turli tanlov, tadbir va ko‘rgazmalarda qatnashib, xalq amaliy san’ati namunalarini taqdim etgan. Usta 40 dan ortiq xorijiy, jumladan, Yevropa va arab mamlakatlari ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. Akmal Azlarov 1988-yilda o‘z ustidagi tinimsiz mehnati tufayli kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandlik an’analarini rivojlantirishga qaratilgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovida Toshkent shahrida 1-o‘rinni, Respublika bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Iste’dodli o‘ymakor usta o‘z maktabini yaratishga ham muvaffaq bo‘ldi, u yerda o‘quvchilarga o‘ymakorlikning turli uslublarini o‘rgatadi, buyumlarni sayqallash va pardozlashga alohida e’tibor beradi. 10, 12, 14 va 16 qavatli yogʻoch kitob tokchalari (lavhlar) yaratilishi uning ijodidagi oʻziga xos yutuqdir, chunki bu ishni ilgari hech kim qilmagan. Hunarmandchilik sohasidagi xizmatlari uchun Akmal Azlarov “Shon-sharaf” medali bilan taqdirlangan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring