Foto va Video

Anhor Lokomotiv Parki Toshkentda

6915

"Anhor Lokomotiv" istirohat bog‘i - bu bolalik olamiga safar qilish uchun ajoyib imkoniyat, chunki qalbimizning tubida har birimiz bolamiz. Parkda bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q! Bu yerda har qanday yoshdagilar, kattalar va bolalar o‘zlariga yoqadigan ko‘ngilochar joylarga tashrif buyurishlari mumkin. Har bir attraksion bir necha daqiqa davom etadigan katta sarguzashtga o‘xshaydi.

12 ming kvadrat metrdan oshiq maydonni egallagan karting kattalar yaxshi ko‘radigan joylardan biridir. "Asablarni sinash" ni yoqtiradigan muxlislar uchun bir nechta ekstremal joylar mavjud. Eng yosh tashrif buyuruvchilar esa mini-karuselda, suv yo‘llarida va batut markazida miriqib hordiq chiqarishadi .

Park markazidagi "Anhor Yulduzi" deb nomlangan charxpalakda shahar go‘zalligini tomosha qilish mumkin. Va bu yerda "Ice Rink" muz maydoni, "Enter" o‘yin markazi, "5D" kinoteatri va "O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi" faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘pgina qahvaxonalar, yozgi teatr va musiqali favvora butun oila uchun dam olish uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi. Park Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Anhor daryosi bo‘yida joylashgan.

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring