Foto va Video

Ark qal’asining qurilishi haqidagi afsona

6574

Ajoyib va ertakona, qadimiy va noan’anaviy, qadimgi sharq va sehrli-bu shubhasiz “olijanob maskan” Buxoro shahri. Buxoroning qadimiyligini va Sharqning sehrli muhitini his qilish uchun labirintni eslatuvchi tor ko‘chalarga kirib, uylarning qadimiy devorlarini ko‘zdan kechirish yoki hech bo‘lmaganda eski bozorning xushbo‘y, sharq guldastasi ila shirin havosini his qilish kifoya. Buxoroni abadiy sevib qolish ham ehtimoldan xoli emas!Ark fortressQadimdan Buxoro afsonalarga to‘la. Afsonalardan biriga ko‘ra, Buxoroning birinchi aholisi, fors shahzodasi Siyovush qurgan Ark qal’asi o‘rnida qo‘nim topgan. Shahzoda Afrosiyob podshohining qizini qo‘lin so‘rash uchun kelganida, otasi yigitga bir shart qo‘yadi.

Unga ko‘ra yigit bitta buqa terisidek o‘lchamli hududda istehkom o‘rnatishi, shundan so‘nggina to‘y bo‘lishi kerak edi. Aqlli yigit qo‘yilgan shartlardan kelib chiqib, qarorgoh tuzilishini o‘ylab topadi. U terini ingichka kesimlarga kesib, bir -biriga bog‘lab qo‘yadi va shu doirada saroyning kichikroq nusxasini quradi. Shunday qilib, bu joyda to‘liq qal’aning qurilishi boshlandi.Throne room in the Ark fortressBuxoro shahrida paydo bo‘lgan Ark qal’asi bir necha asrlar davomida ko‘p marotaba qayta qurilgan bo‘lsa-da, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. U sun’iy tepalikda joylashgan bo‘lib, balandligi 20 metrga yetadi, qal’aning maydoni 4,2 gektarni tashkil qiladi. Dastlab, qal’a yopiq ko‘pburchak shaklida qurilgan bo‘lib, uning tik yonlari butunlay tosh bloklari bilan o‘ralgan edi. Arablar Buxoro yerlariga kelishidan oldin Ark qal’asi Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. Qoraxoniylar sulolasi va Chingizxon bosqini davrida qal’a bir necha bor vayron qilingan, va faqat XVI asrga kelib Shayboniylar sulolasi davrida Ark qal’asi xozirgi ko‘rinishiga keldi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring