Avval xabar qilinganidek, Belarus Respublikasining 7 nafar OAV va blogerlari joriy yilning 20-27 aprel kunlari O’zbekistonda bo’lib turibdi. Xorijiy delegatsiya Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyati bo’ylab suratga olish ishlarini olib bormoqdalar.
Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida xorijiy OAV vakillari Labi Hovuz, Nodir Devonbegi, Sitorai Moxi-Xosa saroyi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Chor Minor, Bahouddin Naqshband kabi madaniy meros obyektlarida suratga olish ishlari, shuningdek mehmonxona va mehmon uylarida tashkil qilingan milliy taomlar tayyorlanishi bo’yicha mahoray darslarida ishtirok etadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh