Foto va Video

Boysun tog‘laridagi Teshik-Tosh g‘ori

12928

O‘zbekiston butun dunyodagi arxeologlar va tarixchilar uchun haqiqiy xazinadir. Olimlarning ko‘p yillik izlanishlari va noyob topilmalar odamlar vatanimizda insoniyat rivojlanishining boshlanishida, masalan, tosh va bronza asrlaridanoq yashaganliklari bir necha bor tasdiqlagan.

Agar siz Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Boysunning janubiy yon bag‘rilaridan o‘tib ketsangiz, mashhur Teshik-Tosh g‘origa albatta kirib o‘ting.

Boysunning marmar qoyalari bag‘rida, Zovtalashsoy darasi yaqinidagi dovonda mahalliy aholi tomonidan Teshik-tosh deb nomlangan katta teshigi bor ulkan tosh mavjud. Dengiz sathidan 1550 metr balandlikda, tog‘larning tepasidan Qarshi dashtini va Darband qishlog‘iga olib boradigan katta yo‘lni ko‘rishingiz mumkin. Agar shu yo‘ldan yurilsa, mashhur Teshik-tosh g‘origa borish mumkin. Bu joy XX asrning 30 yillarida olimlar 9 yoshli neandertal bola va qadimgi hayvonlarning qoldiqlari - echki shoxlari, yovvoyi ot va leopard qoldiqlarini topishgani bilan mashhur. Yaqin atrofdan tosh asriga tegishli mehnat qurollari ham topilgan.

Urush yillarida bu yerda olimlar (akademik M.E.Masson va G.Pugachenkovaning maktabi) tomonidan arxeologiya sohasida haqiqiy g‘alabaga erishilgan, bir muncha vaqt o‘tgach qoldiqlar 8-9 yoshli qizaloqqa tegishli ekanligi isbotlandi. Antropolog olim M.M.Gersimovning mehnati samarasi o‘laroq 8-9 yoshli neandertal qizning qiyofasi tiklangan bo‘lib, uni hozirda Termiz arxeologiya muzeyida ko‘rish mumkin. Dafn qilingan joydan tog‘ echkilarining shoxlari va boshqa hayvonlarning qoldiqlari topilganligi o‘sha paytda dafn marosimi maxsus marosim shaklida va qurbonliklar bilan o‘tkazilganligidan dalolat beradi.

Bugungi kunda Teshik-tosh O‘zbekistonning noyob arxeologik qo‘riqxonalaridan biridir. Mamlakatimizning ming yillik madaniyatini o‘ziga tortadigan ushbu mintaqaning go‘zal tabiati hayratga soladi.

Izoh

1

Спасибо большое

Азимбек Ачилов | 12.09.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring