Foto va Video

“World Travel Market London” Butunjahon turizm koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi

07.11.2023 296

6-8-noyabr kunlari Londonda “World Travel Market” yirik xalqaro turizm koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Turizm qoʻmitasi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasi hamda “Orient voyage”, “Sitara International”, “Central Asia Travel”, “Darvesh Tur Servis”, “Orient Star Group”, “Rocket tour”, “International Caravan Travel Service”, “Dolores Travel Group”, “Peopletravel” kabi qator sayyohlik kompaniyalari vakillari bor.

Xalqaro ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilari mamlakatimizning Yevropa va xorijdan sayyohlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan yangi sayyohlik yo‘nalishlari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida turistik guruhlarning mamlakatimizga tashrifini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, shuningdek, yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etilmoqda, bundan tashqari, hamkor mamlakatlar va yirik tashkilotlarni joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida 2024-yilda boʻlib oʻtadigan TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga jalb etish bo‘yicha muzokaralar tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: “WTM London” turizm sohasidagi eng yirik va ommabop xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, ushbu sohadagi xizmatlarning deyarli barcha turlarini taqdim etadi. Yevropaning ikkinchi yirik sayyohlik ko‘rgazmasi (Berlin ko‘rgazmasidan keyin) sifatida WTM 1980-yildan buyon har yili Londonda oʻtkaziladi. 2009-yildan O‘zbekiston ushbu tadbirda muntazam ishtirok etib keladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing