Foto va Video

“Ipak yo‘lida turizm” – TXTY 2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilinadi

28.12.2023 333

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUK “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2024) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi “Ipak yo‘lida turizm” (TITF-2024) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024-yil 29-yanvar, soat 16:00 ga qadar.

“Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatning jozibador turistik qiyofasini yaratish, shuningdek, xorijiy turistlar oqimini jalb etish, milliy turizm mahsulotlarining xalqaro turizm bozorida, jumladan professionallar va oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 2024-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar, TXTY tashkilotchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.

2)TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.

  • Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: SPETSIFIKATSIYA VA XIZMATLAR RO‘YXATI.pdf
  • Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100015, Oybek ko‘ch., 18 manziliga yuborilishi kerak.
  • Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun +998 (78) 129 09 90 telefon orqali 9:00 dan 18:00 gacha Dushanbadan Jumagacha qo‘ng‘iroq qiling: yoki info@nationalprcentre.com elektron pochta orqali so‘rov yuboring.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing