Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

"UMRA PLYUS VA ZIYORAT TURIZMI" Malayziya va Indoneziyada 2026-yilning 18-23-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi

09.06.2026 21

Hurmatli turizm sohasi vakillari!

Sizlarni Malayziya va Indoneziyada tashkil etilayotgan “UMRA PLYUS VA ZIYORAT TURIZMI” xalqaro tadbirlariga taklif etamiz.

Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6-sonli qarori ijrosi yuzasidan Ziyorat turizmi yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi sherikchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diniy-ma’naviy merosi va turizm salohiyatini Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorida keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Tadbirlar dasturi:

Malayziya davlati Kuala-Lumpur shahrida joylashgan “lnterContinental Hotel” mehmonxonasida “WORK SHOW” formatida bo‘lib o‘tadi.

2026-yil 18-iyun“WORK SHOW” tadbiri doirasida B2B uchrashuvlar, taqdimotlar, panel muhokamalar va tarmoqlanish (networking) sessiyalari;

2026-yil 19-iyun – tantanali kechki ziyofat, hamkorlarni taqdirlash marosimi va yakunlovchi uchrashuvlar.

Indoneziya davlati Jakarta shahrida joylashgan “Kempinski Hotel” mehmonxonasida “EXHIBITION” formatida bo‘lib o‘tadi.

2026-yil 22-iyun – tadbir ishtirokchilari uchun stendlar va mamlakatimiz nomidan “O‘zbekiston” stendi ham quriladi.

2026-yil 23-iyun “EXHIBITION” tadbiri hamda tantanali kechki ziyofat va tadbir ishtirokchilarini taqdirlash marosimlari bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun infouzsaa@gmail.com elektron manzili yoki +998954850101 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. 



Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar