Buxoro bo‘ylab 4 kunlik sayohat dasturi
1-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Buxoro shahri bo‘ylab sayohat ("Chashma Ayyub" majmuasi, Somoniylar maqbarasi, "Bolo Hovuz" masjidi, Shuxov suv inshooti, Ark qo‘rg‘oni).
- Sayohat davomida ushbu majmualarda joylashgan "Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi" va "Buxoro suv ta’minoti tarixi muzeyi" faoliyati bilan tanishish.
- Shuningdek, yaqinda qayta ta’mirlanib ishga tushirilgan Modarixon madrasasidagi hunarmandchilik markaziga tashrif.
- 13:00 - Tushlik.
- 14:00 - Buxoro shahri bo‘ylab sayohatni davom ettirish ("Kalon" masjidi, "Mir Arab" madrasasi, Kalon minorasi, Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, eski Buxoro hammomi, Toqi Sarrofon, "Mag‘oki-Attor" masjidi, Labi Hovuz ansambli, "Chor Minor" masjidi).
- Sayohat davomida "Tasviriy san’at muzeyi", "Gilamlar muzeyi" va "Buxoro xattotchiligi tarixi muzeyi" faoliyati bilan tanishish.
- 19:00 - Kechki ovqat.
- 20:30 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
2-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Amirning "Mohi Xossa" yozgi saroyiga sayohat.
- Tashrif davomida xalq amaliy-bezak san’ati muzeyi faoliyati bilan tanishish.
- 11:30 - "Naqshband" hunarmandchilik markaziga tashrif: qadimiy Buxoro qog‘ozini tayyorlash jarayoni hamda yog‘och o‘ymakorligi namunalarini tomosha qilish.
- 13:00 - Tushlik.
- 14:00 - Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyiga tashrif.
- 16:00 - "Chor Bakr" ziyoratgohiga tashrif va ziyorat amallarini bajarish.
- 18:00 - Mehmonxonaga qaytish va qisqa hordiq.
- 19:00 - Kechki ovqat.
- 21:30 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
3-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Buxoroning "Yetti pir" ziyoratgohlari bo‘ylab sayohat va ziyorat amallarini bajarish.
- 10:00 - Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 11:30 - Xoja Orif Revgariy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 12:30 - Tushlik.
- 13:30 - Xoja Mahmud Anjir Fonaviy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 15:30 - Xoja Ali Romitaniy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 16:00 - Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 17:00 - Xoja Amir Kulol ziyoratgohiga yetib kelish.
- 18:00 - Xoja Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga yetib kelish.
- 19:00 - Kechki ovqat.
- 21:30 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
4-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Romitan tumanida joylashgan "Bukhara Desert Oasis & Spa" turizm klasteriga jo‘nab ketish.
- 10:15 - "Bukhara Desert Oasis & Spa" turizm klasteriga yetib kelish va kun davomida quyidagi xizmatlardan foydalanish:
- Ovqatlanish.
- O‘tov (yurt) xizmati.
- Plyajda dam olish.
- Tuyada sahro bo‘ylab sayr.
- Kvadratsiklda sayr va poygalar.
- Turli xil ichimliklarga boy bar xizmati.
- Madaniy ko‘ngilochar dasturlar va konsertlar.
- Havo sharida sayr.
- O‘rta asrlarni eslatuvchi amir qasrida ovqatlanish va boshqa xizmatlar.
- Caravan Saray.
- 21:00 - Buxoro shahriga qaytish.
- 22:00 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
O‘zbekiston bo‘ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?
Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo‘yicha yordam beramiz: so‘rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz — ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo‘yicha mos variantlarni taklif qiladi.
Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim — yozib qoldiring.
Telegram: @uzbtravelsupport
Telefon: +998 99 444 11 90
Email: info@nationalprcentre.com
Izoh