
1-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Buxoro shahri bo'ylab sayohat. ("Chashma Ayub" majmuasi, Somoniylar maqbarasi, "Bolo hovuz" masjidi, Shuxov suv inshooti, Ark qo'rg'oni).
- Sayohat davomida mazkur turistlik majmualarda joylashgan "Buxoro o'lkashunoslik muzeyi" va "Buxoro suv ta'minoti tarixi muzeyi" faoliyati bilan tanishish. Shuningdek, yaqinda qayta ta'mirlanib ishga tushirilgan Modari-xon madrasasidagi hunarmandchilik markaziga tashrif buyurish.
- 13:00 - Tushlik.
- 14:00 - Buxoro shahri bo'ylab sayohatni davom ettirish. ("Kalon" masjidi, "Mir Arab" madrasasi, Minorai Kalon, Mirzo Ulug'bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Toki Zargaron bozori, Toki Telpakfurushon bozori, eski Buxoro hammomi, Toki Sarrofon bozori, "Magoki-Attor" masjidi, Labi hovuz ansambli, "Chor Minor" masjidi).
- Sayohat davomida mazkur turistlik majmualarda joylashgan "Tasviriy san'at muzeyi", "Gilamlar muzeyi", "Buxoro xattotchiligi tarixi muzeyi" faoliyati bilan tanishish.
- 19:00 - Kechki ovqat.
- 20:30 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
2-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - "Mohi Xossa" amir yozgi saroyiga sayohat. Tashrif asnosida xalq amaliy bezak san'ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishish.
- 13:00 - Tushlik.
- 14:00 - Bir necha asrlar mobaynida Narzullaevlar sulolasi tomonidan davom ettirib kelinayotgan "G'ijduvon kulolchilik muzeyi"ga tashrif buyurish.
- Tashrif asnosida bevosita kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarida ham ishtirok etish.
- 18:00 - Buxoro shahriga jo'nab ketish.
- 19:00 - Buxoro shahriga yetib kelish.
- 19:30 - Kechki ovqat.
- 22:00 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
3-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Buxoroning yetti pirlari bo'ylab sayohat va ziyorat amallarini bajarish.
- 10:00 - Abduholiq G'ijduvoniy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 11:30 - Xoja Orif Revgariy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 12:30 - Tushlik.
- 13:30 - Xoja Mahmud Anjir Fag'naviy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 15:30 - Xoja Ali Romitaniy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 16:00 - Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohiga yetib kelish.
- 17:00 - Xoja Amir Kulol ziyoratgohiga yetib kelish.
- 18:00 - Xoja Bahovuddin Naqshband ziyoratgohiga yetib kelish.
- 19:00 - Kechki ovqat.
- 21:30 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
4-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - Romitan tumanida joylashgan "Bukhara Desert Oasis & Spa" turizm klasteriga jo'nab ketish.
- 10:15 - Turizm klasteriga yetib kelish va kun davomida quyidagi xizmatlardan foydalanish:
- Ovqatlanish.
- Yurtlarda joylashish va dam olish.
- Plyajda dam olish.
- Tuya bilan sahro bo'ylab sayr qilish.
- Kvadratsikllarda sayr va poygalar.
- Ichimliklarga boy bar xizmatidan foydalanish.
- Madaniy ko'ngilochar dasturlar, konsertlar.
- Havo sharida sayr qilish.
- O'rta asrlarni eslatuvchi amir qasrida ovqatlanish va boshqalar.
- 21:00 - Buxoro shahriga qaytish.
- 22:00 - Mehmonxonaga qaytish va tungi hordiq.
5-KUN
- 08:00 - Mehmonxonada nonushta.
- 09:00 - G'ijduvon tumaniga jo'nab ketish.
- 10:00 - G'ijduvon tumanida joylashgan qadimiy "Kurkon turizm mahallasi"ga yetib kelish. Kun davomida mazkur mahallada tashkil qilingan quyidagi xizmatlardan foydalanish:
- XVI asrdan beri faoliyat ko'rsatayotgan "Tosh hammom"dan foydalanish.
- XVII asrga oid "Bolo Kassobon" masjidiga tashrif.
- XVI asrga oid "Boborahim" masjidiga tashrif.
- XVIII asrga oid "Bozori qaymok" masjidiga tashrif.
- An'anaviy "G'ijduvon fatir" va "G'ijduvon kulcha" nonlarini tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etish.
- Hududda faoliyat olib borayotgan mahalliy shirinlik ustalari (kolvopazlar) faoliyati bilan tanishish.
Qo'shimcha ma'lumot va yordam
O'zbekiston bo'ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?
Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo'yicha yordam beramiz: so'rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz - ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo'yicha mos variantlarni taklif qiladi.
Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim - yozib qoldiring.
Telegram: @uzbtravelsupport
Telefon: +998 99 444 11 90
Email: info@nationalprcentre.com
Izoh